Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

30 Oktyabr 2024

29-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

460 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 97,9 mlrd so'm bo'lgan 238 ta lot 152,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. 

Davlat aktivlari:

  • soni 3 ta 
  • boshlang'ich narxi 41,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 72,5 mlrd so‘m 
  • Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 16,2 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi balansidagi noturar bino va inshootlar 38,1 mlrd so‘mga sotildi. 

Davlat mulkini ijaraga berish: 

  • soni 1 ta
  • boshlang'ich narxi 628 mln so‘m
  • sotilgan narxi 691 mln so‘m 
  • Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 123,6 mln so‘m bo‘lgan oromgohning bo‘sh turgan binosi 135,9 mln so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari: 

  • soni 126 ta 
  • boshlang'ich narxi 36,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 64,2 mlrd so‘m
  • yer maydoni 13,2 ga 
  • Toshkent shahar Yunusobod tumanidan boshlang‘ich narxi 11,7 mlrd so‘m bo‘lgan ko'p qavatli turar-joylar, ofis, mehmonxona, savdo ko'ngilochar majmua qurish uchun 23,1 sotix yеr uchastkasi 21,7 mlrd so‘mga sotildi.
  • Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidan boshlang‘ich narxi 143,5 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy qurish uchun 27,5 sotix yеr uchastkasi 172,2 mln so‘mga sotildi. 

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:

  • soni 41 ta 
  • boshlang'ich narxi 5,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 6,4 mlrd so‘m 
  • Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida boshlang'ich narxi 628 mln so‘m bo'lgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binosi 690 mln so‘mga sotildi. 

O'tkazilgan savdolarda 885 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi. 
Hozirda, narxi 16,1 trln so'm bo'lgan 144 248 ta lot savdoga qo'yilgan.

1693 Chop etish