Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Mart 2023

3-mart sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

3 347 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 7,4 mlrd so‘mlik 5 437 ta lot 13,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 11 ta
  • boshlang‘ich narxi 4,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,2 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida joylashgan, “Unicon.uz-fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” DUKga tegishli boshlang’ich narxi 2,7 mlrd so‘m bo’lgan noturar joy bino-inshootlari 2,9 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 44 ta
  • boshlang‘ich narxi 775,7 mln so‘m
  • sotilgan narxi 2,02 mlrd so‘m
  • Chilonzor tumanidan yillik ijara stavkasi 29,7 mln so‘mlik Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetining bo’sh turgan bino qismi 278,7 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 114 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,3 mlrd so‘m
  • yer maydoni 7,1 ga
  • Samarqand viloyati, Tayloq tumanida joylashgan, boshlang’ich narxi 4,7 mln so‘m bo’lgan qurilish sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi qurish uchun 0,3 gektar yer uchastkasi 257,9 mln so‘mga sotildi.
  • Surxondaryo viloyati, Denov tumanidan boshlang’ich narxi 203,6 mln so‘m bo’lgan oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 6,6 sotix yer uchastkasi 224 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 92 ta
  • boshlang‘ich narxi 30,4 mln so‘m
  • sotilgan narxi 971,4 mln so‘m
  • Buxoro tumanidan boshlang'ich narxi 0,2 mln so‘mlik ko'chma savdo joyi 13,3 mln so‘mga sotildi.

Daryo o'zanlarini tozalash huquqi:

  • soni 4 ta
  • boshlang‘ich narxi 580,2 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,3 mlrd so‘m
  • Samarqand tumanidan boshlang’ich narxi 147 mln so'mlik Ohaliksoy soyi o'zanini tozalash huquqi 840 mln so'mga sotildi.

O‘tkazilgan savdolarda 12 839 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, boshlang‘ich narxi 10,3 trln so‘m bo‘lgan 161 473 ta lot savdoga qo‘yilgan.

706 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech