Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Noyabr 2023

3-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

181 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 109,5 mlrd so'm bo'lgan 220 ta lot 130,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 5 ta
  • Boshlang‘ich narxi 17,8 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 20,9 mlrd so‘m
 
Jizzax viloyati Jizzax shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 10,8 mlrd so'm bo'lgan "Asakabank" AJ balansidagi qurilishi tugallanmagan ko'p qavatli turar joy binosi 13,5 mlrd so'mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 114 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,4 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 2,6 mlrd so‘m
 
Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 314,3 mln so‘m bo‘lgan Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji balansidagi bino qismi 691,5 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 30 ta
  • Boshlang'ich narxi 1,9 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 4,1 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 6,0 ga
 
Xorazm viloyati Gurlan tumanidan boshlang'ich narxi 29,9 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 5 sotix yеr uchastkasi 472,8 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 38 ta
  • Boshlang'ich narxi 10,6 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 275,5 mln so‘m
 
Navoiy viloyati Navoiy shahridan boshlang'ich narxi 0,2 mln so‘m bo‘lgan ko'chma savdo joyi 98,3 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 10 ta
  • Yer 55,7 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 1,1 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 3,3 mlrd so'm
 
O'tkazilgan savdolarda 732 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,3 trln so'm bo'lgan 116 353 ta lot savdoga qo'yilgan.
840 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech