Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

01 Noyabr 2023

31-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

332 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 15,5 mlrd so'm bo'lgan 163 ta lot 27,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 2 ta
  • boshlang‘ich narxi 465,2 mln so‘m
  • sotilgan narxi 564,2 mln so‘m
  • Samarqand viloyati Payariq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 263,8 mln so‘m bo‘lgan “Maroqand neft baza” MCHJ balansidagi bo‘sh turgan bino-inshoot 342,9 mln so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 78 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 6,8 mlrd so‘m
  • Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 444,3 mln so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan bino 488,7 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 28 ta
  • boshlang'ich narxi 11,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 15,5 mlrd so‘m
  • yer maydoni 3,6 ga
  • Toshkent shahri Shayxontohur tumanidan boshlang'ich narxi 1,8 mlrd so‘m bo‘lgan maktabgacha ta‘lim muassasalari qurish uchun 16 sotix yеr uchastkasi 5 mlrd so‘mga sotildi.
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidan boshlang'ich narxi 8,9 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 10 sotix yеr uchastkasi 392,2 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 35 ta
  • boshlang'ich narxi 8,2 mln so‘m
  • sotilgan narxi 109,5 mln so‘m

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 11 ta
  • yer 57,8 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 665,6 mln so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 2,6 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 414 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,1 trln so'm bo'lgan 114 829 ta lot savdoga qo'yilgan.

500 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech