Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Yanvar 2024

4-yanvar sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

390 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 51,2 mlrd so'm bo'lgan 252 ta lot 60,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 24 ta
  • boshlang‘ich narxi 21,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 23,5 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 14 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi chorvachilik majmuasi bino-inshootlari 14,7 mlrd so‘mga sotildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 48 ta
  • boshlang'ich narxi 2,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,8 mlrd so‘m
  • yer maydoni 14,6 ga
Toshkent viloyati Parkent tumanidan boshlang'ich narxi 452,4 mln so‘m bo‘lgan don va ozuqa ishlab chiqarish korxonalari qurish uchun 2 ga yеr uchastkasi 542,9 mln so‘mga sotildi.
Samarqand viloyati Urgut tumanidan boshlang'ich narxi 8,3 mln so‘m bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari qurish uchun 40 metr kvadrat yеr uchastkasi 106,4 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 22 ta
  • boshlang'ich narxi 11,7 mln so‘m
  • sotilgan narxi 311,5 mln so‘m
Buxoro viloyati Buxoro shahridan boshlang'ich narxi 1,5 mln so‘m bo‘lgan ko'chma savdo joyi 102,7 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 26 ta
  • yer 35,5 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 1,5 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 2,5 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1006 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9 trln so'm bo'lgan 107 767 ta lot savdoga qo'yilgan.
1354 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech