Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Mart 2024

4-mart sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

478 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 30,6 mlrd so'm bo'lgan 315 ta lot 42,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 20 ta
  • boshlang'ich narxi 17,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 19,5 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 963,9 mln so‘m bo‘lgan Davlat mulk obyektlaridan samarali foydalanish markazi viloyat boshqarmasi balansidagi sobiq ma'muriy va yordamchi bino-inshootlar 1 mlrd so'mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 67 ta
  • boshlang'ich narxi 532 mln so‘m
  • sotilgan narxi 3,7 mlrd so‘m
Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 85,3 mln so‘m bo‘lgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi balansidagi bino yer to'lasi 213,1 mln so'mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 56 ta
  • boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,3 mlrd so‘m
  • yer maydoni 7,6 ga
Namangan viloyati Kosonsoy tumanidan boshlang'ich narxi 17,5 mln so‘m bo‘lgan ko'p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 6 sotix yеr uchastkasi 652,4 mln so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar ijro hujjatlari bo'yicha:
  • soni 34 ta
  • boshlang'ich narxi 9,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 11,3 mlrd so‘m
Toshkent shahar Uchtepa tumanidan boshlang'ich narxi 5,1 mlrd so'm bo'lgan noturar-joy bino-inshoatlari 5,2 mlrd so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 69 ta
  • boshlang'ich narxi 32 mln so‘m
  • sotilgan narxi 517 mln so‘m
Toshkent viloyati Chirchiq shahridan boshlang'ich narxi 1,8 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 27,8 mln so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 1084 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,1 trln so'm bo'lgan 121 713 ta lot savdoga qo'yilgan.
892 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech