Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Fevral 2024

5-fevral sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

365 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 105,2 mlrd so'm bo'lgan 1 213 ta lot 176,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 35 ta
  • boshlang'ich narxi 28,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 34,4 mlrd so‘m
Fargona viloyati Uchko'prik tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 378,3 mln so‘m bo‘lgan "Farg‘ona neft bazasi" MChJ balansidagi bo‘sh turgan bino 3,1 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 7 ta
  • boshlang'ich narxi 2,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,8 mlrd so‘m
Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 16,6 mln so‘m bo‘lgan davlat umumta'lim maktabi balansidagi oshxona 202,4 mln so'mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 78 ta
  • boshlang'ich narxi 3,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 9,9 mlrd so‘m
  • yer maydoni 3,8 ga
Toshkent shahri Shayxontohur tumanidan boshlang'ich narxi 1,5 mlrd so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 5,4 sotix yеr uchastkasi 5,5 mlrd so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar ijro hujjatlari bo'yicha:
  • soni 102 ta
  • boshlang'ich narxi 17,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 19,5 mlrd so‘m 
Andijon viloyati Andijon shahridan boshlang'ich narxi 2,5 mlrd so‘m bo‘lgan yakka tartibdagi turar joy 3,1 mlrd so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 55 ta
  • boshlang'ich narxi 17 mln so‘m
  • sotilgan narxi 346,7 mln so‘m
Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidan boshlang'ich narxi 0,2 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 27,1 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 836 ta
  • yer 3147,5 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 49,2 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 55 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 3001 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,9 trln so'm bo'lgan 108 357 ta lot savdoga qo'yilgan.
361 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech