Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Yanvar 2024

5-yanvar sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

158 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 33,8 mlrd so'm bo'lgan 111 ta lot 60,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 6 ta
  • boshlang‘ich narxi 2,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,6 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 152,8 mln so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi sobiq maishiy xizmat ko‘rsatish binosi 305,6 mln so‘mga sotildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 16 ta
  • boshlang'ich narxi 153,4 mln so‘m
  • sotilgan narxi 323 mln so‘m
  • yer maydoni 1,1 ga
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidan boshlang'ich narxi 10,5 mln so‘m bo‘lgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish imorati qurish uchun 50 metr kvadrat yеr uchastkasi 86,3 mln so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organ hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
  • soni 31 ta
  • boshlang'ich narxi 8,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 9,9 mlrd so‘m
Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 7,3 mlrd so‘m bo‘lgan “Farmasam Imkon” MCHJ balansidagi ishlab chiqarish zavodi 7,6 mlrd so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 7 ta
  • yer 274,1 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 8,2 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 30,2 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 572 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9 trln so'm bo'lgan 108 586 ta lot savdoga qo'yilgan.
1259 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech