Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Iyun 2023

6-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

 1 022 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 18,5 mlrd so'm bo'lgan 405 ta lot 22,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 8 ta
  • Boshlang‘ich narxi 16,8 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 18,3 mlrd so‘m
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 13,9 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi balansidagi bino va inshootlar (mehmonxona) 14,7 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 46 ta
  • Boshlang‘ich narxi 524 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,6 mlrd so‘m
Xorazm viloyati Xazorasp tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 99,8 mln so‘m bo‘lgan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali akademik litseyi balansidagi bo‘sh turgan B-blok binosi 109,7 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 28 ta
  • Boshlang'ich narxi 800,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,6 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 6,4 ga
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidan boshlang'ich narxi 595,7 mln so‘m bo‘lgan yirik universal va ixtisoslashtirilgan do‘konlar, supermarketlar, restoranlar, dehqon va kiyim-kechak bozorlari qurish uchun 4,54 gektar yеr uchastkasi 655,3 mln so‘mga sotildi.
Samarqand viloyati Tayloq tumanidan boshlang'ich narxi 4,7 mln so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonalari uchun mo’ljallangan 0,30 gektar yеr uchastkasi 100,3 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 51 ta
  • Boshlang‘ich narxi 15,6 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 104 mln so‘m

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • Soni 263 ta
  • Yer maydoni 2 076 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 25,7 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 14,5 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1 053 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,1 trln so'm bo'lgan 133 670 ta lot savdoga qo'yilgan.
544 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech