Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Noyabr 2023

6-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

391 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 94,1 mlrd so'm bo'lgan 575 ta lot 124,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 23 ta
  • Boshlang‘ich narxi 56,8 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 64,1 mlrd so‘m
 
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 17,8 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan bino 18,6 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 15 ta
  • Boshlang‘ich narxi 163,8 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 189,5 mln so‘m
 
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 32,6 mln so‘m bo‘lgan Toshkent shahar hokimiyati "Yagona buyurtmachi xizmati injiniring" kompaniyasi balansidagi bino qismi 35,8 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 58 ta
  • Boshlang'ich narxi 7,6 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 17,8 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 127,0 ga
 
Samarqand viloyati Samarqand shahridan boshlang'ich narxi 949,2 mln so‘m bo‘lgan mehmonxonalar qurish uchun 29 sotix yеr uchastkasi 2,5 mlrd so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 50 ta
  • Boshlang'ich narxi 18,4 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 835 mln so‘m
 
Toshkent viloyati Bo'ka tumanidan boshlang'ich narxi 0,6 mln so‘m bo‘lgan ko'chma savdo joyi 20,1 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 321 ta
  • Yer 2 804,2 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 13 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 22,3 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1 422 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,2 trln so'm bo'lgan 115 337 ta lot savdoga qo'yilgan.
1010 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech