Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

11 Mart 2024

7-mart sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

533 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 81,6 mlrd so'm bo'lgan 224 ta lot 91,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 16 ta
  • boshlang'ich narxi 69,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 73,7 mlrd so‘m
Xorazm viloyati Shovot tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 29,8 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi chorvachilik va parrandachilik fermasi bino-inshootlari 31,3 mlrd so‘mga sotildi.
Andijon viloyati Andijon tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 4,9 mlrd so‘m bo‘lgan AT "Xalq banki" Andijon filiali balansidagi savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi 5,2 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 36 ta
  • boshlang'ich narxi 428 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,6 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 54,9 mln so‘m bo‘lgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali balansidagi binoning bo'sh turgan qismi 115,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 40 ta
  • boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 4 mlrd so‘m
  • yer maydoni 6,5 ga
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidan boshlang'ich narxi 158,6 mln so‘m bo‘lgan yirik universal va ixtisoslashtirilgan do'konlar, supermarketlar, restoranlar, dehqon va kiyim-kechak bozorlari qurish uchun 1,96 gektar yеr uchastkasi 174,5 mln so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
  • soni 65 ta
  • boshlang'ich narxi 8,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 10,2 mlrd so‘m
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 47 ta
  • boshlang'ich narxi 17 mln so‘m
  • sotilgan narxi 288 mln so‘m
O'tkazilgan savdolarda 717 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 12,5 trln so'm bo'lgan 126 488 ta lot savdoga qo'yilgan.
328 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech