Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Fevral 2023

8-fevral sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

7 199 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 841 mln so‘mlik 3 289 ta lot 3,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Yer uchastkalari:

  • soni 70 ta
  • boshlang‘ich narxi 836,3 mln so‘m
  • sotilgan narxi 3,1 mlrd so‘m
  • yer maydoni 4,5 ga
  • Toshkent viloyati Pskent tumanidan narxi 16,3 mln so'mlik ko'p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 2,4 sotix yer uchastkasi 60,5 mln so'mga sotildi.
  • Chirchiq shahridan narxi 30,9 mln so'mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 2,4 sotix yer uchastkasi 318,3 mln so'mga sotildi.
  • Andijon viloyati, Qo'rg'ontepa tumanidan narxi 3,6 mln so'mlik avtotexxizmat shoxobchasi qurish uchun 0,81 sotix yer uchastkasi 21,8 mln so'mga sotildi.
  • Zarafshon shahridan narxi 5,9 mln so'mlik avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish shoxobchasi qurish uchun 1,5 sotix yer uchastkasi 176,6 mln so'mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 24 ta
  • boshlang‘ich narxi 4,6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 8,1 mln so‘m
  • Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanidan boshlang'ich narxi 0,2 mln so'mlik ko'chma savdo joyi 1,2 mln so'mga sotildi.

O‘tkazilgan savdolarda 7 783 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, boshlang‘ich narxi 10,3 trln so‘m bo‘lgan 194 745 ta lot savdoga qo‘yilgan.

748 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech