Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Iyun 2023

8-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

385 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 24 mlrd so'm bo'lgan 733 ta lot 30,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 14 ta
  • Boshlang‘ich narxi 11,1 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 11,7 mlrd so‘m
Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan "Beruniy paxta tozalash" AJ balansidagi "Tolliq" paxta tayyorlash maskani 1,3 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 72 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,6 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 4,5 mlrd so‘m
Samarqand viloyati Samarqand shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 1,7 mln so‘m bo‘lgan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti balansidagi bo‘sh turgan xona 81,8 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 37 ta
  • Boshlang'ich narxi 7,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 7,8 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 8,4 ga
Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidan boshlang'ich narxi 6,4 mlrd so‘m bo‘lgan turistik rekreatsion zona uchun 4,8 gektar yеr uchastkasi 6,7 mlrd so‘mga sotildi.
Toshkent viloyati Chinoz tumanidan boshlang'ich narxi 472,6 mln so‘m bo‘lgan omborxona majmualari qurish uchun 0,99 gektar yеr uchastkasi 519,9 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 73 ta
  • Boshlang‘ich narxi 19,6 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 272,8 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 457 ta
  • Yer maydoni 208,3 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 10,8 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 14,8 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1 876 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,05 trln so'm bo'lgan 131 798 ta lot savdoga qo'yilgan.
519 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech