Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Yanvar 2024

8-yanvar sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

145 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 101 mlrd so'm bo'lgan 445 ta lot 147,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 34 ta
  • boshlang‘ich narxi 50,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 75,8 mlrd so‘m
  • Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 13,2 mlrd so‘m bo‘lgan “To‘raqo‘rg‘on mexanika zavodi” ustav fondidagi 100 foiz davlat ulushi 13,8 mlrd so‘mga sotildi.
  • Farg'ona viloyati Quva tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 246,6 mln so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Farg'ona viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan bino-inshootlar 271,2 mln so‘mga sotildi.
Yer uchastkalari:
  • soni 125 ta
  • boshlang'ich narxi 6,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 18,2 mlrd so‘m
  • yer maydoni 12,1 ga
  • Toshkent shahri Shayxontohur tumanida boshlang'ich narxi 3,3 mlrd so‘m bo‘lgan maktabgacha ta‘lim muassasalari qurish uchun 0,45 gektar yеr uchastkasi 6,2 mlrd so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 50 ta
  • boshlang'ich narxi 21 mln so‘m
  • sotilgan narxi 282,3 mln so‘m
Sud va boshqa organ hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
  • soni 58 ta
  • boshlang'ich narxi 16,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 19,6 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri Yashnobod tumanidan boshlang'ich narxi 5,6 mlrd so‘m bo'lgan tegirmon va unli mahsulotlar ishlab chiqarish majmuasi 7,3 mlrd so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 93 ta
  • yer 1361,3 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 4,9 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 5,2 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1 437 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 7,9 trln so'm bo'lgan 106 992 ta lot savdoga qo'yilgan.
1417 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech