Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

12 Fevral 2024

9-fevral sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

324 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 17,6 mlrd so'm bo'lgan 143 ta lot 34,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 3 ta
  • boshlang'ich narxi 490,3 mln so‘m
  • sotilgan narxi 590,1 mln so‘m
Jizzax viloyati G'allaorol tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 269,2 mln so‘m bo‘lgan "Asakabank" AJ balansidagi bo'sh turgan savdo do'koni 296 mln so‘mga sotildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 24 ta
  • boshlang'ich narxi 457,6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 609 mln so‘m
  • yer maydoni 2,8 ga
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidan boshlang'ich narxi 26,3 mln so‘m bo‘lgan mehmonxonalar qurish uchun 2 sotix yеr uchastkasi 155 mln so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar ijro hujjatlari bo'yicha:
  • soni 17 ta
  • boshlang'ich narxi 2,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,6 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidan boshlang'ich narxi 251,3 mln so'm bo'lgan turar joy 459,8 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 35 ta
  • boshlang'ich narxi 5,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 6,9 mln so‘m
Surxondaryo viloyati Denov tumanidan boshlang'ich narxi 0,2 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 0,4 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 29 ta
  • yer 488,95 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 13 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 15,9 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 516 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,3 trln so'm bo'lgan 111 546 ta lot savdoga qo'yilgan.
927 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech