Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

10 Noyabr 2023

9-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

177 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 46,5 mlrd so'm bo'lgan 276 ta lot 72 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 11 ta
  • Boshlang‘ich narxi 19,6 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 23,1 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 11,2 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi noturar bino-inshoot 11,8 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 133 ta
  • Boshlang‘ich narxi 3,1 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 8,3 mlrd so‘m
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 130,9 mln so‘m bo‘lgan O‘zbekiston Ekologik harakati balansidagi bino qismi 196,4 mln so‘mg ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 32 ta
  • Boshlang'ich narxi 7,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 8,3 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 12,1 ga
Samarqand viloyati Samarqand shahridan boshlang'ich narxi 986,1 mln so‘m bo‘lgan oromgoh, motel va turizm komplekslari qurish uchun 31 sotix yеr uchastkasi 1,6 mlrd so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 51 ta
  • Boshlang'ich narxi 18,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 288,7 mln so‘m
Xorazm viloyati Urganch tumanidan boshlang'ich narxi 155,7 mln so‘m bo‘lgan ko'chma savdo joyi 358,2 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 12 ta
  • Yer 479,2 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 13,4 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 28,3 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 893 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,2 trln so'm bo'lgan 113 849 ta lot savdoga qo'yilgan.
782 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech