Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

19 May 2020

"O'zmetkombinat" AJga "BB-/barqaror" darajasida uzoq muddatli kredit reytingi taqdim etildi

"O'zmetkombinat" AJ Fitch Ratings xalqaro reyting agentligining London filialidan suveren "BB-/barqaror" darajasida xalqaro kredit reytingini qo'lga kiritdi.

"O‘zmetkombinat" AJda 12 mingdan ortiq kishi mehnat qiladi, korxona mamlakatimizda soliq to‘lovchilar bo‘yicha yettinchi, sof daromad va davlat byudjetiga to‘lanadigan dividendlar bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi. Fitch Ratings ekspertlari xulosasiga ko'ra kompaniya mahsulotlarining 90 foizidan ortig'i mamlakat qurilish sektoriga yo’naltirilgan va shu sababli zavod defolti "o'rtacha" ijtimoiy-siyosiy oqibatlariga ega. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan barcha metall buyumlarning 80 foizi va mamlakatimizda iste’mol qilinadigan metall mahsulotlarining uchdan biridan ortig‘i zavod hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, Fitch Ratings ekspertlari zavodning defolt holati milliy po'lat sanoatining keyingi rivojlanishiga zarar yetkazishi va qurilish hamda metallurgiya tarmoqlarining rivojlanishiga to'sqinlik qilishi mumkin, deb hisoblaydi.

Fitch Ratings hisobotiga ko‘ra, "O‘zmetkombinat" AJ issiq holda prokatlangan list o'ramlari ishlab chiqarish bo‘yicha yirik transformatsion investitsiya loyihasi "Quyuv prokatlash majmuasini qurish"ni amalga oshirish bosqichida. Loyiha zavodning po'lat quyish quvvatini yiliga 1 million tonnadan yiliga 2,1 million tonnaga va tayyor mahsulotning umumiy quvvatini ikki barobarga, yiliga 2,2 million tonnaga oshiradi.

Fitch Ratings agentligi tomonidan suveren reytingning berilishi korxonaning mamlakat uchun strategik ahamiyatini, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish bo'yicha ulkan rejalarini va zavodning xalqaro standartlarga muvofiqligi bo'yicha olib borilayotgan transformatsion ishlari haqida dalolat beradi.

"O‘zmetkombinat" AJning Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi tomonidan avtonom reytingi “B+” darajasida baholanadi, bu ekspertlarning fikriga ko'ra, kombinat faoliyatining nisbatan kichik hajmi, metalalom sotib olish uchun qulay sharoitlar tufayli ishlab chiqarish xarajatlarining pastligi, O‘zbekiston po‘lat bozorida mustahkam o‘ringa ega bo‘lishi va hozirgi vaqtda navli prokat mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan e’tibor va o‘rta muddatda issiq holda prokatlangan list o’ramlariga diversifikatsiya qilinishi va buning natijasida sotiladigan mahsulotlar turlarini kengayishiga bog’liq.

Batafsil ma’lumotni Fitch Ratings agentligining rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun: Fitch Ratings – Moody’s va Standard & Poors bilan bir qatorda kuchli uchta xalqaro reyting agentliklaridan biri hisoblanadi. Аgentlik 1913 yilda tashkil etilgan boʼlib, shtab-kvartirasi Nyu-York shtatida (AQSh) joylashgan.

 

1438 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech