Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Noyabr 2020

Davaktiv agentligida KPMG kompaniyasi tomonidan "Biznesni baholash asoslari" mavzusida seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 28-29 noyabr kunlari Davaktiv agentligi hamda KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan Agentlik xodimlari uchun KPMG kompaniyasi direktori o‘rinbosari Irsen Pak hamda Investitsiyalar va kapital bozorlari bo‘limi menejeri Alisher Babayev ishtirokida “Biznesni baholash asoslari” mavzusida seminarlar tashkil etdi.

Maʼlumot uchun: KPMG – audit, soliq va konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi xalqaro kompaniyalar tarmog‘i. KPMG dunyoning 147 mamlakatida vakolatxonalariga ega. Xalqaro shtab-kvartirasi Amstelvenda (Niderlandiya) joylashgan. KPMG xodimlari soni 219 ming kishidan ortiq.

Irsen Pak va Alisher Babayev o‘z nutqlarida biznesni baholashga tizimli yondashishning asosiy jihatlarini qayd etib o‘tdilar, jumladan: baholash standartlari, qiymat turlari va biznesni baholashning bosqichma-bosqich jarayoni, diskontlangan pul oqimlari usuli doirasida pul oqimlarini elementlar bo‘yicha tahlil qilish, diskont stavkasini tahlil qilish, baholash natijalarini kelishish, baholashning qiyosiy va xarajat yondashuvlari. 

Shu bilan birga, seminarlar davomida Davaktiv agentligi xodimlari bilan biznesni baholash bo‘yicha xalqaro tajriba almashish maqsadida interaktiv muloqot o‘tkazildi.

Tadbirlar yakunida, Agentlik faoliyatida biznesni baholashning umumeʼtirof etilgan yondashuvlarini qo‘llash sohasida xalqaro tajribani tatbiq etish bo‘yicha seminarlar samaradorligi ishtirokchilar tomonidan qayd etildi.

844 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech