Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Noyabr 2022

Onkologiya markaziga yangi zamonaviy bino qurilmoqda

Toshkent shahar, Olmazor tumani, Shifokorlar ko‘chasida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yangi birlashgan kompleksi barpo etilmoqda. Ushbu bilan Markaz hamda uning poytaxt va Toshkent viloyatidagi filiallari yagona unikal kompleksga birlashadi.

Yangi kompleks tarkibiga Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Toshkent shFarobiy ko‘chasi, 383-uy), markazning poytaxt filiali (Toshkent sh. Bog‘iston ko‘chasi, 1/71-uy) hamda markazning Toshkent viloyati filiali (Toshkent shTaxtapul darvoza ko‘chasi, 341-uy) kiradi.

Shunga ko‘ra, tegishli hukumat qaroriga muvofiq, shifoxonalarning mavjud bino inshootlari hududi bilan Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Lot 3707620), uning Toshkent viloyat (Lot 3707622) va Toshkent shahar filiallari (Lot 3707621) tomonidan yangi kompleksni qurish xarajatlarini qoplash uchun “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron-onlayn auksionga qo‘yilgan.

Bu to‘g‘risida “E-auksion” elektron savdo platformasida lotning “muhim maʼlumotlar” qismida keltirilgan.

Ushbu tajriba Geologiya fanlari universiteti (Geologiya va geofizika instituti, Mineral resurslar instituti, Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti, Neft-gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti, Geologiya sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, Geoinnovatsion texnologiyalar markazi hamda Davlat geologiya muzeyini bir joyga birlashtirgan) hamda Davlat geologiya qo‘mitasi maʼmuriy binosini qurishda samarali qo‘llanilgan.

Maʼlumot uchun:

Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy maʼlumotiga ko‘ra, Yangi kompleks 2023 yilning may oyida ishga tushirilishi kutilmoqda.

Yangi kompleks ishga tushganidan so‘ng ikki oy davomida muassasalardagi bemorlar va zarur uskunalarni ko‘chirish ishlari olib boriladi. Sotuv auksionida g‘olib bo‘lgan tadbirkorga yangi kompleksga ko‘chish ishlari to‘liq amalga oshmaguncha ikki oygacha bu yerda hech qanday ishlarni boshlamasligi majburiyati yuklanadi.

Yangi kompleksda 17 ta yangi klinik bo‘lim faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan, mamlakatimizda ilk bor suyak ko‘migi transplantatsiyasi bo‘limi ochiladi.

Markazda 16 ta reanimatsion va operatsion xonalar eng so‘nggi texnologiyalar bilan taʼminlanadi. Intensiv terapiya bo‘limi yurak monitorlari, o‘pkani sunʼiy shamollatish moslamalari va boshqalar bilan jihozlangan konsolli funksional yotoqlarga ega bo‘ladi.

Turli tibbiyot muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan 5 ta onkologiya kafedrasi birlashib, yagona metodik markazga aylanadi. Ilk bor yadro tibbiyoti kafedrasi tashkil etiladi.

Kompleksda ta bunkerdan iborat radioterapiya arsenali ishga tushiriladi. Birida to‘xtalishlar yuz bergan taqdirda ham boshqalari uning o‘rnini to‘ldirishi natijasida davo muolajasi uzluksizligi taʼminlanadi.

Boshqaruv jarayoniga turk va koreys mutaxassislari tavsiyalari va tajribasi asosida zamonaviy menejment tizimi joriy etiladi. Muassasa ishga tushganga qadar 100 nafardan mutaxassis Koreya Respublikasi va Turkiyada malaka oshiradi hamda ushbu kompleksni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash maqsadida 80 million AQSH dollari ajratilgan.

2728 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech