Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Dekabr 2022

Prezidentning O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida xususiylashtirish jarayonlari

Joriy yil 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida xususiylashtirish jarayonlariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi, xususan:

“Shu bilan birga, faol investitsiyalar jalb qilishda xususiylashtirish va davlat-xususiy sherikchilik imkoniyatlaridan to‘liq va samarali foydalanish zarur.

Kelasi yili “katta xususiylashtirish”ni boshlaymiz, 1 mingga yaqin korxonalar savdoga chiqariladi.

Bugun ko‘nglimdagi bitta niyatimni sizlarga ochiq aytmoqchiman. Mening katta niyatim - yurtdoshlarimiz orasida 100 minglab mulkdorlar, aksiyadorlar paydo bo‘lsin. Odamlarimiz o‘z omonatlarini investitsiya qilib, yuqori daromadlarga ega bo‘lsin.

Shuning uchun, topshiriq berdim. Keyingi yilda eng yirik 10 ta kompaniyalar va tijorat banklarimizni aksiyalari o‘z aholimiz uchun ochiq va shaffof savdoga chiqariladi.

Bu chinakam xalq "Ay-Pi-O"si bo‘lishiga ishonaman.

Shu borada ilgari ham aytgan gapimni takrorlashni o‘rinli deb bilaman: xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy qudratli bo‘ladi.” – Shavkat Mirziyoyev.

1204 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech