Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Oktyabr 2022

Surxondaryo viloyatida “Roadshow” taqdimoti o‘tkazildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy yil 8 - oktabr kuni Surxondaryo viloyatida xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʼsh turgan davlat mulki obʼektlari va sotilishi belgilangan yer uchastkalari toʼgʼrisida navbatdagi “Roadshow” (taqdimot) oʼtkazildi.

Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” binosida boʼlib oʼtgan mazkur tadbirda mahalliy hokimliklar hamda viloyatdagi yirik korxonalarning vakillari va 250 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi. Oʼz oʼrnida, Davaktiv agentligi mutasaddilari tomonidan qatnashchilarga “E-auksion” elektron savdo platformasidan foydalanish boʼyicha “master-klass” oʼtkazilib, savdo platformasida shaxsiy kabinet ochish, onlayn elektron imzo olish va savdolarda qatnashish uchun arizalar berish tartiblari ham nazariy ham amaliy tushuntirildi.

“Roadshow” taqdimoti doirasida tadbirkorlar ommaviy savdolarga chiqarilgan 96 ta davlat va davlat ishtirokidagi xoʼjalik jamiyatlari aktivlari va 5497 ta yer uchastkalari hamda ijaraga berilishi koʼzda tutilgan 249 ta davlat mulklari bilan tanishdilar.

 Bundan tashqari, avvaldan doimiy foydalanish yoki umrbod egalik qilish huquqi asosida oʼzlariga tegishli boʼlgan qishloq xoʼjaligiga moʼljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirib olgan 2 nafar fuqarolarga tantanali ravishda mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderlari topshirildi hamda mazkur jarayon tartibi boʼyicha tadbir qatnashchilariga tushuntirishlar berildi. 

“Roadshow” ishtirokchilariga xususiylashtirish dasturlariga muvofiq ommaviy savdolarda sotilishi belgilangan hamda savdo jarayonidagi davlat aktivlari, shu jumladan, viloyatdagi yirik aktivlar, maʼmuriy hamda ishlab chiqarish binolari kabi obʼektlar va yer uchastkalari toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi.

Koʼtarinki ruhda va savol-javoblarga boy oʼtgan “Roadshow” davomida Davaktiv agentligi direktor o'rinbosari Alisher Miraliyev va viloyatning boshqa mutasaddi rahbarlari tadbir qatnashchilari va OАV vakillari tomonidan berilgan bir qator savollarga batafsil javoblar berib oʼtdilar.

Maʼlumot uchun: bu kabi taqdimotlar va uchrashuvlar (Roadshow) respublikamizning barcha viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpogʼiston Respublikasida oʼtkaziladi.

1867 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech