Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 Noyabr 2020

"O‘zbekneftegaz" AJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun Rothschild kompaniyasi konsultant sifatida jalb qilindi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, "Oʻzbekneftgaz" AJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun Rothschild kompaniyasi professional konsultant sifatida jalb qilindi hamda Davaktiv agentligi, Rothschild kompaniyasi va "Oʻzbekneftgaz" AJ oʻrtasida 3 tomonlama shartnoma rasmiylashtirildi.

Mazkur shartnoma doirasida konsultant tomonidan neft va gaz sohasi, shu jumladan “Oʻzbekneftgaz” AJni xoʻjalik, moliyaviy va soliq faoliyatining tahlillari oʻtkazilib, uning natijasiga muvofiq jamiyatning xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi.

Maʼlumot uchun:

2021-yilda Rothschild kompaniyasi konsultantligida “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd” MChJ ustav kapitalidagi 57,118 foiz davlat ulushini “Coca-Cola İçecek A.Ş.” (CCI) kompaniyalar guruhiga 252,28 million AQSH dollariga muvofaqiyatli xususiylashtirilgan edi.

"Oʻzbekneftgaz" AJ — neft va gazni qidirish, qazib olish, tashish, saqlash, qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi aksiyadorlik jamiyati. Oʻzbekistondagi eng yirik davlat kompaniyasidan biri.

"Rothschild & Co" moliyaviy xolding kompaniyasi boʻlib, Rotshildlar oilasining fransuz va ingliz filiallari tomonidan nazorat qilinadi. "Rothschild & Co" Rothschild bank guruhining flagmani hisoblanadi va Rothschild guruhini, jumladan "N. M. Rothschild & Sons" va "Rothschild & Cie Banque"ni nazorat qiladi. Kompaniya 1838-yilda tashkil topgan. Kompaniyaning 2015-yildagi aylanmasi 1,4 mlrd yevro, sof foydasi 160 mln yevrodan oshgan, aktivlari 9,1 mlrd yevroda baholangan.

766 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech