Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Dekabr 2022

Baholash faoliyati hamda baholash yo‘nalishidagi sud ekspertlik faoliyatiga oid qonunchilik va uning amaliyotda to‘g‘ri qo‘llanilishi mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 9 dekabr kuni Davaktiv agentligi Adliya vazirligi bilan birgalikda manfaatdor vazirlik va idoralar ishtirokida “Baholash faoliyati hamda baholash yo‘nalishidagi sud ekspertlik faoliyatiga oid qonunchilik va uning amaliyotda to‘g‘ri qo‘llanilishi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirda Oliy sud, Bosh prokuratura, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Kadastr agentligi, Advokatlar palatasi, Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Baholovchilar jamiyati, O‘zbekiston baholovchilar, ekspertlar va maslahatchilar jamiyati, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi masʼullari va ularning hududiy tuzilma vakillari (jami 200 nafardan ko‘proq) onlayn tarzda ishtirok etdi.

Davra suhbatida mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti tamoyillarini yana-da rivojlantirishxususiy mulk daxlsizligi va mol-mulkning haqiqiy bozor bahosini shakllantirish va ishonchliligini taʼminlash, baholash yo‘nalishidagi sud ekspertlik va baholash faoliyati samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlab o‘tildi.

Shu bilan birga, tadbirda qo‘yidagi masalalarga eʼtibor qaratildi, jumladan:

  • mol-mulkni bozor qiymatini aniqlashda baholovchilar “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun, Yagona Milliy baholash standarti asosida o‘z faoliyatini amalga oshirib, yakuni bo‘yicha baholash hisoboti tuzsa, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi sud ekspertlari yuqoridagi baholashga oid qonunchilik hujjatlaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasi “Jinoyat-protsessual kodeksi”, O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni, Markazning baholash uslubiyotlari asosida o‘z faoliyatini amalga oshirib, yakuni bo‘yicha baholash hisobotidan farqliroq “davlat sud eksperti xulosasi” yoki “mutaxassis fikri” shaklidagi hujjat tuzadilar. Bu esa amaliyotda mol-mulkni haqiqiy bozor qiymatini aniqlash yuzasidan farq qiladigan hisobotlar (xulosalar) tuzilishiga, ularning natijalarini amaliyotda bahsli vaziyatlarga olib kelmoqda. Shu bois va Xalqaro tajribadan kelib chiqib, barcha uchun bir xil bo‘lgan va uyg‘unlashtirilgan baholash standartlarini amaliyotda, shu jumladan sud-huquq tizimida, qo‘llanilishini taʼminlash;
  • baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalariga baholash faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berilishi munosabati bilan, o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlarini joriy etish hamda baholash va baholash hisobotlarini ekspertizadan o‘tkazish sifatini yana-da oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 28 iyuldagi 161-son qarori qarori bilan tashkil etilgan Sud organlari so‘rovnomalariga ko‘ra bahsli vaziyatlarda baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha Ekspert komissiyasining ishini qayta ko‘rib chiqish va amaldagi qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
  • mol-mulkni bozor qiymatini aniqlashda baholovchilarning baholash hisobotlari sud ekspertlarining xulosalarini amaliyotda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘g‘ri qo‘llanilishi taʼminlash maqsadida ushbu soha xodimlarining baholash sohadagi bilim va ko‘nikmalarini yana-da oshirish maqsadida, muntazam ravishda shu kabi davra suhbatlari, o‘quv amaliy mashg‘ulotlar va seminarlarni tashkillashtirishni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligi;
  • sohada faoliyat yuritayotgan sud ekspertlari va baholovchilarning baholash faoliyati sohasidagi kasbiy va huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida, baholovchilar va sud ekspertlari uchun o‘quv dasturlarini maqbullashtirishni taʼminlashga kelishib olindi.

Davra suhbati yakuniga ko‘ra, ushbu sohada uchrayotgan muammolarni bartaraf etish va sohani rivojlantirish bo‘yicha kelajakda birgalikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

2072 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech