Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

31 Avgust 2023

“Forbes” nashrida chop etilgan maqola

O’zbekistondagi xususiylashtirish jarayonlariga tegishli asosiy tezislar:

O’zbekistonda xususiylashtirish hali ham qo’llab-quvvatlanmoqda. Lotin Amerikasida 1990-yillarning oxirida, Vashington konsensusi davrida, xususiylashtirish yomon obro‘ga ega bo‘lgan, "deregulation" kabi so'zlar bilan birga tarqalgan va yo’q bo’lib ketgan. Lekin Markaziy Osiyoda xususiylashtirishga nisbatan jamoatchilikning noroziligi kuzatilmayapti.

Vengriyaning OTP banki “Ipoteka-bank” ATIBni 2022-yilda sotib oldi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Davaktiv agentligi) 2021-yilda mahalliy Coca-Cola franshizasining 57 foiz ulushini Turkiyaning “Coca-Cola Icecek” kompaniyasiga sotdi.

Shuningdek, Davaktiv agentligi 2016-yilda ochilgan va 2022-yilda Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan sotib olingan Toshkentdagi “Hyatt” mehmonxonasidagi davlat ulushini sotgan, Singapurning “Indorama” konglomerati esa O‘zbekistondagi eng yirik o‘g‘it ishlab chiqaruvchi “Qo‘qon superfosfat”ni 2019-yilda davlat ishtirokidan olib chiqqan.

Xususiylashtirishning navbatdagi to‘lqini “Xalqchil IPO” deb nomlandi. Hukumat aksiyalar orqali mahalliy chakana investorlarga keng turdagi kompaniyalarning kichik aksiyalarini (umumiy kapitalning 2 foizigacha) sotishni rejalashtirmoqda. O‘zbekistonning oltin koni “Navoiy KMK” va mis ishlab chiqaruvchi “Olmaliq KMK” korxonalari mahalliy chakana investorlarga ulushlarini taklif qilish ro‘yxatida. “Bular jahon darajasidagi aktivlar. Bizning xalqaro investor mijozlarimiz ushbu aksiyalarni faqat ikkilamchi bozordagina sotib olishlariga imkon bo’lsa kerak” - deyiladi matnda.

Shavkat Mirziyoyevning mart oyida eʼlon qilingan yangi xususiylashtirish rejasi turli hududlarda 1000 ta davlat korxonalarini, 1500 akr yer maydonlarini va 920 ming kvadrat metrdan ortiq koʻchmas mulklarni sotishni nazarda tutadi.

Mazkur havola orqali batafsil Forbes saytida o’qing.

713 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech