2023-yil 13-oktabr kuni soat 10:00 da Davlat aktivlarini boshqarish agentligini hududiy boshqarmalarining quyidagi manzildagi binolarida sud boshqaruvchilari talabgorlari uchun test imtihonlari oʻtkaziladi.
Mazkur oʻtkaziladigan test imtihonlari elektron shaklda oʻtkazilib, jarayon videotasvir orqali toʻgʻridan-toʻgʻri olib koʻrsatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-sentabrdagi 765-son qaroriga muvofiq test imtihonida ishtirok etuvchilar roʻyxati va video tasvir havolasi qoʻshimcha ravishda Agentlikning veb-saytida imtihon oʻtkazilishidan besh kun avval eʼlon qilinadi.
Тest imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar test imtihonini topshirish uchun kechikmasdan, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari zarur.
Test imtihonlari oʻtkaziladigan manzillar
| T/r | Hududlar nomi | Test oʻtkaziladigan manzil | Maʼlumot uchun telefon | 
| 1 | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Nukus shahar, A.Timur koʻchasi, 112a-uy | (97) 355-17-35 | 
| 2 | Andijon viloyati | Andijon shahar, A.Navoiy koʻchasi, 126-uy | (90) 542-57-17 | 
| 3 | Buxoro viloyati | Buxoro shahar, I.Karimov koʻchasi, 10-uy | (91) 417-21-00 | 
| 4 | Jizzax viloyati | Jizzax shahar, Sh.Rashidov shoh koʻchasi, 63 uy | (99) 568-56-23 | 
| 5 | Qashqadaryo viloyati | Qarshi shahar, A.Temur koʻchasi, 43-uy | (93) 935-72-00 | 
| 6 | Navoiy viloyati | Navoiy shahar, S.Ayniy koʻchasi, 27-uy | (90) 085-09-04 | 
| 7 | Namangan viloyati | Namangan shahar, Navoiy koʻchasi, 72-uy | (93) 496-86-41 | 
| 8 | Samarqand viloyati | Samarqand shahar, Kamol otaturk koʻchasi, 21-uy | (90) 742-61-19 | 
| 9 | Surxondaryo viloyati | Termiz shahar, M.Qoshgʻariy koʻchasi, 36a-uy | (93) 635-26-40 | 
| 10 | Sirdaryo viloyati | Guliston shahar, Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 3-uy | (99) 784-02-12 | 
| 11 | Toshkent viloyati | Nurafshon shahar, Toshkent yoʻli koʻchasi, 45-uy | (97) 715-75-65 | 
| 12 | Fargʻona viloyati | Fargʻona shahar, A.Navoiy koʻchasi, 17-uy | (94) 442-22-44 | 
| 13 | Xorazm viloyati | Urganch shahar, Al-Xorazmiy koʻchasi, 23-uy | (97) 513-07-05 | 
| 14 | Toshkent shahar | Chilonzor tumani, Islom Karimov koʻchasi, 55-uy | (99) 002-50-02 | 
Izoh: Talabgorlar yashash joylaridan qatʼiy nazar test imtihonini Agentlikning istalgan hududiy boshqarma binosida topshirishlari mumkin.
