Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

30 Mart 2021

TADBIRKOR VA ISHBILARMONLAR DIQQATIGA ! 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida” 2021 yil 11 fevraldagi PF-6167-son Farmoniga muvofiq xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlarini ommaviy savdolarga chiqarish to‘g‘risida

E ‘ L O N

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Davaktiv agentligi) quyidagi davlat aktivlari bo‘yicha ommaviy savdolar jarayonlari boshlanganini e’lon qiladi.

Davlat aktivlarini sotish ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Bunda:

birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan malakalanadi (saralanadi), jumladan, savdolarda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning to‘liqligi, zakalat puli kelib tushganligi, davlat aktivlaridan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabga nisbatan talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi ko‘rib chiqiladi;

ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.

Savdoning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun talabgorlar 2021 yil 30 aprel soat 18:00 ga qadar (Toshkent vaqti bilan) o‘zbek yoki rus yoxud ingliz tillarida (talabgorning ixtiyoriga ko‘ra)
mazkur e’lonning 1-ilovasi (jismoniy shaxslar 1 a-ilovasi)dagi ariza namunasi to‘ldirilib (imzolangan holda), quyidagi hujjatlar bilan yopiq konvertda Davaktiv agentligiga yoki skaner qilingan shakli (kodlangan holda) Davaktiv agentligining quyida ko‘rsatilgan elektron manziliga taqdim etiladi:

a) yuridik shaxslar uchun:

yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma va uning ustavi nusxalari (talabgor tomonidan tasdiqlangan holda);

hujjatlar topshirilgan sanaga talabgor, uning ta’sischisi va/yoki benefitsiarining to‘liq ro‘yxati (agar to‘lovga ta’sischi va/yoki benefitsiarning mablag‘i jalb etilishi ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, talabgorning ustav kapitalidagi tegishli ulushlarini va miqdorini ko‘rsatgan holda);

davlat aktivlaridan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabdan kelib chiqqan holda undan samarali foydalanishning biznes konsepsiyasi loyihasi;

talabgor savdoda ishtirok etishi uchun sotib olishni rejalashtirgan davlat aktivi bo‘yicha talabgorning o‘zi taklif etayotgan qiymatdan kamida 5 foizi miqdorida zakalat puli mablag‘larini Davaktiv agentligining quyida keltirilgan maxsus hisob-raqamiga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati nusxasi.

  1. b) jismoniy shaxslar uchun:

soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun), pasport ma’lumotlari;

davlat aktivlaridan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabdan kelib chiqqan holda undan samarali foydalanishning biznes konsepsiyasi loyihasi;

talabgor savdoda ishtirok etishi uchun sotib olishni rejalashtirgan davlat aktivi bo‘yicha talabgorning o‘zi taklif etayotgan qiymatdan kamida 5 foizi miqdorida zakalat puli mablag‘larini Davaktiv agentligining quyida keltirilgan maxsus hisob-raqamiga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati nusxasi.

Davlat tender komissiyasi tomonidan savdoning birinchi bosqich yakunlari bo‘yicha qarori qabul qilingan kundan boshlab, 3 ish kuni mobaynida jarayonning birinchi bosqichi natijalari bo‘yicha ikkinchi bosqichga o‘tgan talabgorlar to‘g‘risida Davaktiv agentligi tomonidan o‘zining rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar orqali e’lon beriladi hamda birinchi bosqichda ishtirok etgan barcha talabgorlarga rasmiy xabarnoma yuboriladi.

Savdoning ikkinchi bosqichiga o‘tgan talabgorlar to‘g‘risida Davaktiv agentligi tomonidan o‘zining rasmiy veb saytida e’lon chop etilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida savdoning ikkinchi bosqichida qatnashish uchun mazkur e’lonning 2-ilovasi (jismoniy shaxslar
2 a-ilovasi)dagi ariza namunasi to‘ldirilib (tasdiqlangan holda) takliflar taqdim etiladi.

Takliflar quyida talab etiladigan hujjatlar bilan birga Davaktiv agentligiga yopiq konvertda yoki tegishli hujjatlarning skaner qilingan varianti (kodlangan holda) Davaktiv agentligining elektron manziliga (havola orqali ko‘rinadi) yuboriladi:

davlat aktivini sotib olishga talabgorning narx taklifi;

davlat aktivini sotib olish to‘lovlarini amalga oshirishning muddatlari bo‘yicha taklif;

talabgorning oxirgi 3 yillik moliyaviy hisoboti (buxgalteriya hisobotining 1 va 2-shakllari) nusxasi (rezidentlar uchun hisobot qabul qilinganligi to‘g‘risidagi soliq organlarining tasdig‘i hamda moddiy va nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizatsiya va aktivlarni qayta baholash ko‘rsatkichlari bilan birga).

Bunda, talabgor tomonidan o‘z moliyaviy hisobotlari bo‘yicha to‘lov qobiliyati yetarli bo‘lmasa ta’sischisi yoki benefitsiarining oxirgi 3 yillik moliyaviy hisoboti (buxgalteriya hisobotining 1 va 2-shakllari) nusxasini (rezidentlar uchun hisobot qabul qilinganligi to‘g‘risidagi soliq organlarining tasdig‘i hamda moddiy va nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizatsiya va aktivlarni qayta baholash ko‘rsatkichlari bilan birga) taqdim etishi mumkin. Bunday hollarda ta’sischi yoki benefitsiarning talabgor manfaati uchun to‘lovlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiq xati ilova qilinishi shart;

talabgorning to‘lov qobiliyatining yetarliligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (depozit sertifikati, bank kafolati). Bu hujjatlar talabgor tomonidan o‘zining moliyaviy hisobotlari bo‘yicha to‘lov qobiliyati yetarli bo‘lmagan hollarda taqdim etiladi.

III. Quyidagi alohida shartlar bo‘yicha oldindan ogohlantiramiz:

talabgorlar tomonidan bir yoki bir nechta davlat aktivi bo‘yicha takliflar taqdim etilishi mumkin. Bunda, har bir davlat aktivi bo‘yicha takliflar alohida beriladi;

davlat aktivini sotib olish bo‘yicha birinchi bosqichda bitta taklif kelib tushgan hollarda, savdolar o‘tkazilmagan deb e’tirof etiladi;

talabgor davlat aktivini sotib olish to‘lovini bir oydan ko‘p muddatlarda (ko‘pi bilan 36 oy) amalga oshirishni taklif etganda, uning narx taklifi ushbu muddatlarni inobatga olgan holda, belgilangan tartibda joriy qiymatga keltirib baholanadi;

savdo yakunlari bo‘yicha savdo g‘olibi bilan Davaktiv agentligi tomonidan xabarnoma yuborilgan sanadan boshlab 20 kun ichida oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtiriladi (fors-major holatlari bundan mustasno) va savdolarga qatnashish uchun to‘langan zakalat puli davlat aktivi xarid to‘lovining bir qismi sifatida qabul qilinadi;

davlat aktivlari savdolari yakunlari bo‘yicha g‘olib tomonidan to‘lanadigan xarid qiymatiga chegirma qo‘llanilmaydi;

savdolar yakunlari bo‘yicha savdo g‘olibi tomonidan oldi-sotdi shartnomasini tuzish rad etilsa yoki undan voz kechilsa, u tomonidan to‘langan zakalat puli miqdori qaytarilmaydi;

Davlat tender komissiyasi yoki Ishchi organ o‘z xohishiga ko‘ra hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmagan holda, har qanday vaqtda savdoni to‘xtatishi hamda savdo jarayonida talabgorlardan qo‘shimcha va/yoki aniqlashtiruvchi ma’lumotlar so‘rashi mumkin.

III. Ishchi organ – Davaktiv agentligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

Zakalat pulini to‘lash uchun Davaktiv agentligining maxsus hisob raqami:

Milliy valyutada:

Qabul qilib oluvchi: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi;

Oluvchining hisob raqami: 23402000300100001010;

Oluvchining banki: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob kitob-kassa markazi;

STIR: 201 122 919;

Oluvchining bank kodi: 00014.

To‘lovchi tomonidan to‘lov topshiriqnomasining “to‘lov maqsadi” qismida: 399910860262947011359021004 raqami va davlat aktivining nomi ko‘rsatilgan holda “zakalat puli” yozuvi yoziladi.

 

Chet el valyutasida (AQSh DOLLARI):

Qabul qilib oluvchi: Ministry of Finance, BIC code: MFRUUZ22,

Adress: 29, Istiqlol street, Tashkent, 100017

Oluvchining hisob raqami: 23 402 840 900 100 001 011;

Benefitsiar banki: Central Bank of Uzbekistan, SWIFT: CBUZUZ22

Korrespondent banki: CITIBANK, NEW YORK, Corr.Acc: 36115651,

    SWIFT Code: CITIUS33

To‘lovchi tomonidan to‘lov topshiriqnomasining “to‘lov maqsadi” qismida:

399910840262947011359021001 raqami va davlat aktivining nomi ko‘rsatilgan holda “zakalat puli” yozuvi yoziladi.

 

Davaktiv agentligining manzili:

100000, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 6-uy.

Elektron manzil: invest@davaktiv.uz, investment@davaktiv.uz.

Hujjatlarni qabul qilishga mas’ul hodim: O‘.To‘xtasinov
tel.: (+99871) 259-22-10.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon raqamlar: (+99871) 259-20-91, 259-20-70.

Veb-sayt: www.davaktiv.uz.

Hurmatli tadbirkorlar!

Savdo jarayoni bo‘yicha taklif va e’tirozlar yuzaga kelganda, Davaktiv agentligining (+99871) 259-21-37 yoki qisqa 1082 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

 

E’longa 1-ilova

Yuridik shaxslar uchun (YUKLAB OLISH)

E’longa 1 a-ilova

Jismoniy shaxslar uchun (YUKLAB OLISH)

 Tartibning 2-ilovasi

Yuridik shaxslar uchun (YUKLAB OLISH)

Tartibning 2a-ilovasi

Jismoniy shaxslar uchun (YUKLAB OLISH)

 

 

Ommaviy savdolarga chiqarilgan davlat aktivlari va ulardan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yiladigan talab

 

T/r

Davlat aktivining nomi*

Joylashgan hududi

Maydoni

Davlat aktivlaridan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yiladigan talab

umumiy yer (ga)

Bino-inshoot (kv.m)

1

«Poytaxt biznes majmuasi» MChJ mulkiy majmuasi

Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy

 360° 

0,4

34 532

Ofis, mehmonxona, savdo va boshqa xizmat ko‘rsatish faoliyati

2

«Ichan qal’a» mehmonxona majmuasi

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib va Tafakkur ko‘chasi, 75a, 75/9,  75/10-uy

0,6

10 100

Mehmonxona xizmati

3

«Beldirsoy oromgohi» dam olish maskani

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Chimyon” QFY

 360° 

46,1

9 628

Mehmonxona yoki boshqa turizm infratuzilmasi ob’ektini barpo etish

4

«Sijjak» dam olish maskani

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Sarbog‘” MFY

 360° 

5,4

5 016

Mehmonxona yoki boshqa turizm infratuzilmasi ob’ektini barpo etish

5

«Qizil suv sport sog‘lomlashtirish» MChJ

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Chimboyliq” MFY

5,9

2 746

Mehmonxona yoki boshqa turizm infratuzilmasi ob’ektini barpo etish

6

«Malika» savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi

Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi,

57 - 59 - 61-uy

 360° 

4,1

43 413

Savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati

7

«Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi»

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buxoro va Nuroniylar ko‘chalari kesishuvi

 360° 

1,2

19 152

Ma’muriy bino sifatida foydalanish yoki ofis xizmatini tashkil etish

8

«Ma’muriy bino» (Sobiq Respublika birja markazi)

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sayilgoh ko‘chasi 10-uy

0,56

11 470

Savdo, xizmat ko‘rsatish, tomosha-konsert xizmati

 

* Davlat aktivining fotosuratlari uning nomi ustiga bosilganda ko‘rinadi.

16723 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech