Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 Noyabr 2020

Baholovchi tashkilotlarning reytingi va renkingini yuritish tartibi joriy etildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Baholovchilar jamiyati hamda Oʻzbekiston baholovchilar, ekspertlar va maslahatchilar jamiyati bilan birgalikda “Baholovchi tashkilotlarning reytingi va renkingini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom” 2023-yil 14-noyabrda kelishilganligi hamda baholovchi tashkilotlarning reytingi va renkingi joriy etilganligi maʼlum qilinadi.

Maʼlumot uchun: Baholovchi tashkilotlar reytingi va renkingini joriy etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qarori bilan tasdiqlangan davlat aktivlarini boshqarish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha "yoʻl xaritasi"da belgilangan.

Baholovchi tashkilotlarning reytingi va renkingini yuritish nizomida quyidagi asosiy meʼyorlar nazarda tutilmoqda:

  1. Baholovchi tashkilotlar tomonidan har yili 25-yanvarga qadar oʻtgan davr boʻyicha maʼlumotlarni (baholash xizmati turlari, shartnomalar soni, malaka sertifikatiga ega baholovchilar soni, ish hajmi summasi va boshqalar) Davaktiv agentligining “davbaho.uz” portalidagi “Baholash faoliyatining yagona axborot platformasi”ga joylashtirish;
  2. Joylashtirilgan maʼlumotlar asosida Davaktiv agentligi baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda baholovchi tashkilotlarning faoliyatiga oid belgilangan 4 (toʻrt)ta indikatorlar (baholovchilar soni, xizmatlar hajmi, ekspertiza xulosalari soni, sugʻurta polisi summasi) va ularning miqdoriga (har bir indikatorda uchta) qarab, jami toʻplangan “0” balldan “100” ballgacha boʻlgan diapazonda ularning reytingini va tavsiflovchi aniq mezonlarni (baholovchilar soni, xizmatlar turlari hajmi, hisobotlar soni) eng yuqori sonidan boshlab kamayib borish tartibida renkingini aniqlash;
  3. Baholovchi tashkilotlar reyting va renking natijalarini bir yilda bir marta Davaktiv agentligi va baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib borish.

Baholovchi tashkilotlar reytingi va renkingi joriy etilishi natijasida koʻrsatilayotgan baholash xizmatlarining professional darajasi va sifatini oshirish hamda xolisligini taʼminlash, sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish va baholovchilar faoliyatining oshkoraligini oshirilishi imkoni yaratiladi.

Mazkur kelishilgan Nizom bilan quyidagi xavola orqali tanishishingiz mumkin:

https://davaktiv.uz/uploads/pages/file/Reyting-va-renking.pdf

307 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech