Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

30 Dekabr 2022

“Humo Air” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushi xususiylashtirilmoqda

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Shvetsariyaning Valleyroad Capital S.A. (Xaridor) bilan “Humo Air” MChJ (Kompaniya) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini 27,2 mlrd. so‘m to‘lov hamda 2023-2026 yillarda kompaniya aviaparkini rivojlantirish va mahalliy aviaqatnovlarni oshirish majburiyati bilan sotish yuzasidan kelishuvga (Bitim) erishilganini maʼlum qiladi.

Mazkur bitim doirasida Xaridor quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan:

  • 2026 yilgacha kompaniya tomonidan 18 dona havo kemalarini sotib olish, shu jumladan tasini  2023 yilning birinchi yarim yilligida sotib olish va parvozlarni yo‘lga qo‘yish;
  • dastlabki bosqichda ichki reyslar sonini haftasiga 16 tagacha oshirish, keyingi 5 yil davomida 60 tagacha yetkazish;
  • maxsus (qishloq va xalq xo‘jaligi) aviatsiyasining xizmat ko‘rsatadigan samolyotlari parkini bosqichma-bosqich yangilash;
  • aviakompaniyani boshqarishga aviatsiya sohasida ko‘p yillik tajribaga ega malakali xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qilish;
  • O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari orasidan aviakompaniya xodimlarining kamida 80 foizini shakllantirishni taʼminlash;
  • yo‘nalishlarda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining boshqa aviakompaniyalari rezidentlari xizmat ko‘rsatmaydigan yo‘nalishlarda maqbul narxlarda yangi reyslarni tashkil etish.

Kompaniyani xorijiy investor tomonidan yuqoridagi rivojlantirish shartlari bilan sotib olinishi fuqaro aviatsiyasi sohasiga xususiy sektorning kirib kelishi orqali raqobat muhitini rivojlantirishgamahalliy aviaqatnovlarga bo‘lgan talabni yumshatishga va yo‘lovchilarga maqbul narxlarda aviatashuv xizmatlarini ko‘rsatishga o‘z hissasini qo‘shadi.

Maʼlumot uchun: Valleyroad Capital S.A. Shveysariyada 2006 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Shveysariyada va xalqaro miqyosda yirik korxonalar va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatuvchi mustaqil korporativ moliyalashtirish kompaniyasi hisoblanadi. Jamoa aʼzolarining bir asrdan ortiq yig‘ma tajribasiga ega bo‘lib, Valleyroad Capital S.A. turli sohalar va mamlakatlarda korporativ moliyalashtirish bo‘yicha keng va diversifikatsiyalangan tajribani taklif etadi. Xorijiy investor O‘zbekistondagi faoliyatini uning 100 foiz taʼsischiligidagi “Valleyroad Capital” MChJ tomonidan amalga oshiradi.

“Humo Air” MChJ “Maxsus aviatsiya ishlari bo‘yicha aviakompaniya” DUK mulki negizida 2020 yilda tashkil etilgan. “Humo Air” MCHJ ustav kapitaliga 43 dona An-2 havo kemalari, havo kema dvigatellari, parvoz simulyatorlari va boshqa mulklar o‘tkazilgan.

3065 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech