Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Avgust 2023

Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 304-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq, Hukumatning ayrim hujjatlaridagi “bankrotlik” atamasi “toʻlovga qobiliyatsizlik” atamasi bilan almashtirildi, jismoniy shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligi amaliyoti joriy etilganligi munosabati bilan ularga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini qoʻllashning huquqiy asoslari mustahkamlandi.

Shuningdek, Qarorda:

  • Sud boshqaruvchisi talabgorlariga malaka attestatini berish boʻyicha davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladi;
  • Sud boshqaruvchilariga oʻz huquq majburiyatlarini amalga oshirishda davlat xizmatlaridan oldindan toʻlovlarni amalga oshirmasdan foydalanishga ruxsat berildi.
  • Qarzdor jismoniy shaxsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik va (yoki) boshqa qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilgandasud boshqaruvchisiga haq toʻlash xarajatlari soliq organi tomonidan Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
  • Sud boshqaruvchilari attestatsiya komissiyasi ish faoliyati tartibi belgilandi.
  • Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladigan ommaviy axborot vositasi sifatida bosma nashr bilan birgalikda Davaktiv agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon berish amaliyoti joriy etildi.
  • Qarzdorning muassisi (ishtirokchisi), mulkdori yoxud boshqaruv vazifalari yuklatilgan shaxslarning harakatlari oqibatida soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, uni yashirish yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlari aniqlanganligi toʻgʻrisida sudning hukmi mazkur shaxslarni belgilangan tartibda subsidiar javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi;
  • Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga soxta toʻlovga qobiliyatsizlikka, uni yashirishga yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelgan alomatlarni aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishi huquqi berildi.

 

1824 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech