Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

26 Iyul 2023

Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasiga oid hujjatlar takomillashtirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi “Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi tegishli Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmonga muvofiq, Qaror va Farmonlardagi “bankrotlik” atamasi “toʻlovga qobiliyatsizlik” atamasi bilan almashtirildi, jismoniy shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligi amaliyoti joriy etilganligi munosabati bilan ularga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini qoʻllashning huquqiy asoslari mustahkamlandi.

Shuningdek, Farmonda:

  • majburiy ijro byurosi tomonidan qarzdor korxonaning qarzlarini undirish imkoniyati mavjud emas deb topilganda soliq xizmati organlari 30 kundan kechiktirmasdan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ariza bilan sudga murojaat qilinishi;
  • tugatishga doir ish yuritish 12 oydan oshmasligi, alohida hollarda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarning iltimosnomasiga asosan sud qarori bilan 3 oygacha uzaytirilishi;
  • sudning hukmda qarzdor korxonaning muassisi (ishtirokchisi), mulkdori yoxud boshqa mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari natijasida soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, uni yashirish yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlari aniqlanganligi koʻrsatilganda, mazkur hukm qarzdor korxonaning mansabdor shaxslarini subsidiar javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanishi;
  • toʻlovga qobiliyatsizlik qoʻllanilgan qarzdor korxonalarning mol-mulklari sud boshqaruvchilari tomonidan “E-auksion” elektron onlayn-auksion orqali sotilishi;
  • qarzdor jismoniy shaxsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik va (yoki) boshqa qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilganda, sud boshqaruvchisiga haq toʻlash xarajatlari soliq organi tomonidan Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilandi.

 

1430 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech