Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

24 Iyul 2021

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazidagi vakant lavozimlarga tanlov eʼlon qilinadi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazidagi quyidagi vakant lavozimlarga tanlov eʼlon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar joriy yil 26-avgust soat 18:00ga qadar quyidagi elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: muqaddas_yuldasheva@mail.ru

Mavjud boʻsh lavozimlar:

  1. “Korporativ boshqaruv va investitsiyalarni aksiya xamda obligatsiyalar chiqarish xisobiga jalb qilish muammolarini tadqiq etish” boʻlimi yetakchi ilmiy xodimi;
  2. “Xususiylashtirish jarayonlarining ilmiy-metodologik asoslarini rivojlantirish va monitoring qilish” boʻlimi katta ilmiy xodimi;
  3. “Iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish metodologiyasi va bankrotlik taomillarini takomillashtirish” boʻlimi katta ilmiy xodimi;
  4. “Davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish” boʻlimi katta ilmiy xodimi.

Nomzodga qoʻyiladigan malaka talablari:

  • oliy maʼlumotli va iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha ilmiy darajaga (falsafa doktori (PhD), fan nomzodi, fan doktori (DSc) ega boʻlish, yoshi 45 yoshdan oshmasligi;
  • Xususiylashtirish, davlat aktivlarini boshqarish, korporativ boshqaruv, toʻlovga qobiliyatsizlik, baholash va rieltorlik faoliyat sohalarida ilmiy ishlar va maqolalar chop etgan boʻlishi va/yoki ilmiy tashkilot, oliy taʼlim muassasalarida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega boʻlish;
  • oʻzbek va rus tilini oʻqish, yozish darajasida bilish (ingliz tilini bilish olqishlanadi);
  • MS Word, MS Excel dasturlarini malakali foydalanuvchi darajasida bilish.

Qoʻshimcha savollar yuzasidan Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazining maxsus aloqa raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: (71) 259-21-06, (71) 259-20-65

3330 Chop etish