Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

03 Iyun 2020

“Turkiya-Oʻzbekiston” toʻqimachilik forumida xususiylashtirish jarayonlari taqdimot qilindi

Joriy yil 3-iyun kuni Turkiya Respublikasi toʻqimachilik korxonalari va investorlarini Oʻzbekistonga keng jalb qilish, tekstil sanoatining hozirgi kundagi salohiyatini ommaga namoyish etish va savdo aloqalarini yanada mustahkamlash boʻyicha Istanbul shahrida “Turkiya-Oʻzbekiston” toʻqimachilik forumi boʻlib oʻtdi.

Mazkur forum Turkiya toʻqimachilik sektorining imkoniyatlarini chet el tomoshabinlariga yetkazish uchun moʻljallangan noyob platforma boʻlib xizmat qildi.

Turkiya Respublikasining yetakchi kompaniyalari vakillari, mahalliy hamda xorijiy investorlar qatnashgan forumda Davaktiv agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Nodirbek Xusanov oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Forum ishtirokchilariga bugungi kunda xususiylashtirish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborot berildi hamda xususiylashtirilishi belgilangan tekstil va toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar, shu jumladan mazkur faoliyatni joriy etish imkoni boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari taqdimot qilindi.

Shu bilan birga, Oʻzbekistonda yirik korxonalarni xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etayotgan investorlarning koʻlami dunyoning turli mamlakatlaridan boʻlib, ularning ichida shu jumladan Turkiya davlatidan boʻlgan saloxiyatli investorlar borligi aʼloxida eʼtirof etildi.

Bundan tashqari, bugungi kunda turk tadbirkorlarining Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish dasturlariga keskin qiziqishlari ortib, “Zelal tekstil”, “Aysel inshaat”, “Multinational mine group” va boshqa oʻnlab turk kompaniyalariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali davlat koʻchmas mulk obyektlari, yer va yer qari uchastkalari realizatsiya qilinganligi taʼkidlab oʻtildi.

Shuningdek, xususiylashtirilishi belgilangan aktivlar boʻyicha savdolarda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ishtirok etish yuzasidan batafsil maʼlumotlar va koʻrsatmalar berildi.

99 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech