Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

11 Iyul 2022

“UzAssets" investisiya kompaniyasi “Urganch sharob” AJ ning 53,94 foiz ulushi sotilganligi to‘g‘risida bayonot berdi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “UzAssets investisiya kompaniyasi” AJ “Urganch sharob” AJ ustav kapitalidagi 53,94 foiz davlat ulushini 11,5 mlrd. so‘mga sotish to‘g‘risida “Jayhun Ulgurji” MChJ bilan kelishuvga erishganligi haqida bayonot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PF-6167-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, jahon amaliyotidan kelib chiqqan holda, xususiylashtirish bo‘yicha konsultantning tavsiyalariga asosan, shaffof va raqobat asosida, xalqaro professional konsultantni jalb etgan holda ochiq savdo jarayoni orqali amalga oshirilgan.

Bunda, KPMG xalqaro kompaniyasi xususiylashtirish bo‘yicha konsultant va “Dentons” xalqaro yuridik kompaniyasi huquqiy ko‘maklashish maqsadida jalb etilgan.

1839 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech