Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

28 Avgust 2022

“UzAssets” investitsiya kompaniyasi “Oʼzbekiston shampani” AJ ustav kapitalidagi 51,48 foiz aksiyalar paketini raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali sotish rejasini eʼlon qildi

Maʼlumki, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi "UzAssets" investitsiya kompaniyasi" АJning 2021 yil 9 iyul kunidagi rasmiy xabarida axborot berilganidek, “Oʼzbekiston shampani” AJ ustav kapitalidagi 51,48 foiz aksiyalar paketi xalqaro konsalting kompaniyasi – KPMG kompaniyasini jalb etgan holda xususiylashtirish jarayonlari amalga oshirilgan.

Oʼtkazilgan ochiq xususiylashtirish jarayonlari natijasi boʼyicha narx va shartnomaning boshqa talabalari boʼyicha eng maqbul boʼlgan taklif bildirgan talabgor tanlov gʼolibi deb topilgan. Biroq, mazkur tanlov gʼolibi tomonidan tegishli oldi-sotdi shartnomasi imzolanmagan.

Shunga koʼra, Davlat tender komissiyasining tegishli qaroriga asosan, dastlabki savdo jarayonlari natijalarini bekor qilish va savdo jarayonlarini qaytadan boshlash yuzasidan tegishli qaror qabul qilingan.

Yuqoridagilarga koʼra, UzAssets "Oʼzbekiston shampani" AJ ustav kapitalidagi  51,48 foiz aksiyalar paketini raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali sotish jarayonini davom ettirish rejasini eʼlon qildi. 

Sotuv jarayonlarida barcha manfaatdorlarning arizalari 2022 yil 30 sentyabr kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan)ga qadar quyidagi elektron manzillar orqali qabul qilinadi: SSandykbayeva@kpmg.com, a.mullajonov@uz-assets.uz.

Sotuv jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq boʼlgan takliflarni taqdim etishning raqobatga asoslangan jarayoni sifatida tashkil etilgan.

Qoʼshimcha maʼlumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun: “Oʼzbekiston shampani” AJ Toshkent shahrida joylashgan boʼlib, 1942 yilda ishga tushirilgan. Kompaniyaning asosiy faoliyat turi shampan va boshqa gazlangan sharob ichimliklarini ishlab chiqarish, shuningdek sharob materiallariga ishlov berishdan iborat. 2021 yil yakuniga koʼra, kompaniyaning sof tushumi 58,4 mlrd soʼmni, sof foydasi 3,4 mlrd soʼmni hamda sof aktivi 12,0 mlrd soʼmni tashkil etgan.

2799 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech