Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 May 2023

Davaktiv agentligi ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashiga davlat ulushi boʻyicha aʼzolik uchun nomzodlarni jalb etish yuzasidan tanlov muddatlarining uzaytirilganligi e'lon qilinadi

Avval ma'lum qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasining "Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida"gi qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 647-son qaroriga muvofiq Davaktiv agentligi ishtirokidagi 61 ta korxonalarning kuzatuv kengashlari tarkibiga davlat ulushi bo‘yicha a'zolikka nomzodlarni tanlov asosida saralab olish va keyinchalik korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga saylash bo‘yicha tanlov e'lon qilingan edi.

Quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan Davaktiv agentligi ishtirokidagi 40 ta korxonalarning kuzatuv kengashlari tarkibiga davlat ulushi bo‘yicha nomzodlarni tanlov asosida saralab olish bo‘yicha o'tkazilgan tanlov muddatlari uzaytirilganligi e'lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish Davaktiv agentligining maxsus veb-portali (cns.davaktiv.uz) orqali elektron shaklda amalga oshiriladi (foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma bilan tanishish).

 

Har bir korxonaning sohaviy yoʻnalishini inobatga olgan holda, qoʻshimcha talablar va ariza topshirish uchun muddatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan quyidagi jadvaldagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin.

Korxona nomi

Aʼzolik oʻrinlari soni

Ariza
berish uchun havola

Moliyaviy koʻrsatkichlari

Neft-gaz sohasidagi korxonalar

1

"Yuggazstroy" AJ

9

ID1

Info 1

2

"Muborakneftgazmontaj" AJ

8

ID2

Info 2

3

"Olot neftgazqidiruv ekspeditsiyasi" MCHJ

5

ID3

Info 3

4

“Ustyurt qidiruv burgʻulash boshqarmasi” MCHJ

5

ID4

Info 4

5

“Neftgazmeʼyor” MCHJ

3

ID5

Info 5

6

“Surxon parmalash ishlari” AJ

5

ID7

Info 7

7

“Neft gaz va quduqlarni sinash” АJ

5

ID8

Info 8

8

“Texnik taʼminlash va butlash” AJ

5

ID11

Info 11

9

“Buxoroneftgazavtonaql” AJ

6

ID12

Info 12

10

“Buxoroneftgazparmalash” AJ

5

ID13

Info 13

11

“Koson neftgazqidiruv ekspeditsiyasi” AJ

5

ID14

Info 14

12

“Qoʻqon neftgaz parmalash ishlari” AJ

7

ID16

Info 16

Nashriyot-matbaa sohasidagi korxonalar

13

"Sharq" AJ

9

ID17

Info 17

Alkogol maxsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar

14

“Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” AJ

6

ID20

Info 20

Yogʻ-moy sanoati sohasidagi korxonalar

15

“Farg'ona yog'-moy” AJ

9

ID22

Info 22

16

“Surxonoziqovqatsanoati” AJ

4

ID23

Info 23

17

“Chimboy Moy” AJ

5

ID24

Info 24

Yoʻl-transport infratuzilmasi korxonalari

18

“Guliston 2535-sonli avtojamlanma” MCHJ

3

ID25

Info 25

19

“Oʻrta osiyo trans” AJ

5

ID26

Info 26

Kimyo sanoati sohasidagi korxonalari

20

“Yangiariq plast” MCHJ

3

ID28

Info 28

Kommunal, uy-joy, qurilish va suv xoʻjaligi sohasidagi korxonalari

21

“Oʻzmaxsusmontajkurilish” AJ

5

ID30

Info 30

22

“93-maxsus trest” AJ

6

ID31

Info 31

23

“PORTLATISHSANOAT” AJ

3

ID32

Info 32

24

“Xorazmsuvqurilish” AJ

6

ID33

Info 33

25

“Taxiatash issiqlik tarmoqlari” MCHJ

3

ID35

Info 35

26

“Qirguli issiqlik manbai” MCHJ

2

ID36

Info 36

Loyihalash korxonalari

27

“Tibloyiha” MCHJ

3

ID41

Info 41

28

“Toshuyjoyliti” AJ

5

ID42

Info 42

29

“Uzengsanoatloyixa” MCHJ

5

ID43

Info 43

30

“Oʻzsuvloyiha” AJ

3

ID45

Info 45

31

“Oʻzagrosanoatloyiha” MCHJ

3

ID47

Info 47

32

“Olmazor kichik sanoat zonasi” AJ

8

ID49

Info 49

33

“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” AJ

5

ID50

Info 50

Xizmat koʻrsatish sohasidagi korxonalar

34

“Oʻzagroservis” AJ

5

ID51

Info 51

Boshqalar

35

“Boyovut paxta tozalash” AJ

6

ID54

Info 54

36

“Markaziy ippodrom” AJ

5

ID55

Info 55

37

“Toshkent traktor zavodi” MCHJ

3

ID56

Info 56

38

“Respublika Mulk Markazi” MCHJ

3

ID57

Info 57

39

“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ

5

ID59

Info 59

40

“YoSHLAR” teleradiokanali” AJ

5

ID60

Info 60

Tanlov jarayoni korxonalarda kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida faoliyat olib borish istagida boʻlgan va quyidagi umumiy talablarga mos har qanday shaxslar uchun ochiq:

  • amaldagi korporativ boshqaruvchi malaka attestatiga ega boʻlishibundan qonunchilik hujjatlariga binoan korporativ boshqaruvchi malaka attestatini olish talab etilmaydigan shaxslar mustasno;
  • oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
  • kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi, bunda sohaviy tajribaga ega boʻlgan nomzodlarga ustunlik beriladi;
  • nomzod ariza topshirmoqchi boʻlgan korxona boshqaruvi aʼzolari va direktori yoki ularning funksiyalarini amalga oshirayotgan, korxonada yoki uning shoʻba va tobe xoʻjalik jamiyatlarida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlamayotgan boʻlishi;
  • iqtisodiy jinoyatlar yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun sudlanganligi mavjud boʻlmagan hamda sud qarorlariga asosan mansab lavozimlarini egallashi cheklanmagan, shuningdek korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilmagan boʻlishi;
  • korxonaga nisbatan tartibga soluvchi yoki nazorat (shu jumladan, litsenziyalash organlari va moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshiruvchi organlar) funksiyasini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining xodimi boʻlmasligi;
  • qonunchilik hujjatlarida kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida faoliyat olib borishi taqiqlangan shaxslar toifasiga kirmasligi;
  • besh va undan ortiq kuzatuv kengashlarida aʼzo boʻlmasligi;
  • soʻngi uch yilda korxonaga va (yoki) korxonaning affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini koʻrsatgan auditorlik tashkilotining xodimi boʻlmasligi lozim.

Nomzodlar Kuzatuv kengashi aʼzolariga yuklatiladigan fidutsiar majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi.

Kuzatuv kengashi aʼzolariga toʻlanadigan haq miqdori korporativ boshqaruv tamoyillarining samarali joriy etilishi darajasiga qarabhar bir korxonaning ichki meʼyoriy hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Tanlov talablariga mos keluvchi talabgorlarni ushbu tanlovlarga ishtirok etishga chorlaymiz!

Qoʻshimcha maʼlumot uchun quyidagilarga murojaat etishingiz mumkin:

  • F. Abduvaliyeva (+99871-259-22-04, f.abduvalieva@davaktiv.uz);
  • A. Sangilova (+99871-259-22-57);
  • F. Karayev (+99871-259-20-84).
2109 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech