Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Mart 2021

Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha xalqaro moliya institutlar bilan hamkorlik kengaytirilmoqda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida Fransiya taraqqiyot agentligining “Iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish loyihasi” doirasida, “Expertise France”agentligi (Fransiya) eksperti bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Davaktiv agentligining inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish boshqarmasi mas’ullari va “Expertise France” agentligi bosh menejeri ishtirok etdi.

Muloqotda inson resurslarini boshqarish siyosati sohasidagi hamkorlikning yo‘nalishlari belgilab olindi, jumladan:

- Agentlik xodimlarining malakasini oshirish;

- xodimlarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish;

- Agentlik xodimlari samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish.

Bugungi kunda Davaktiv agentligi xodimlari uchun Fransiya taraqqiyot agentligi ekspertlari tomonidan korporativ boshqaruv, xususiylashtirish va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish yo‘nalishlarida seminarlar o‘tkazilgan.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan muntazam muloqot qilishga kelishib oldilar.

 

1719 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech