Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Oktyabr 2022

O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-sentabrdagi 218-sonli majlis bayoni ilovasining "O'zbek tili bayrami kunini keng nishonlash bo'yicha chora-tadbirlar dasturi" 5-bandiga vazirlik va idoralar, xo'jalik boshqaruvi organlari, tizimdagi tashkilot va muassasalarda xodimlarga davlat tilini chuqur o'rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda O'zbek tili bayrami kunini nishonlash bo'yicha madaniy-ma'rifiy tadbirlar, taniqli olimlar bilan davra suhbatlari, seminarlar tashkil qilinishi ko'rsatib o'tilgan.

Mazkur vazifalardan kelib chiqib, Davaktiv agentligi tizimi xodimlarini jalb qilgan holda, 21-oktabr - O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan joriy yilning 18-oktabr kuni soat 11:00 da O'zbek tilining paydo bo'lish tarixi va rivojlanish bosqichlari, yurtimizda o'zbek tilining nufuzini yanada oshirish va davlat tilini rivojlantirish, vazirlik va idoralarda ish yuritishni  to'liq davlat tilida tashkil qilish to'g'risida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari doktori Inomjon Azimov ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo'lib o'tdi. Shuningdek, tadbirning eng faol qatnashchisiga kitoblar sovg'a qilindi.

Ko'tarinki ruhda o'tgan tadbir Davaktiv agentligining Markzaiy apparati, idoraviy mansub tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalari xodimlari ishtirokida (ZOOM platformasi yordamida) bo'lib o'tdi.

Ona tilimizga davlat tili maqomi berilganlining 33 yilligiga bag'ishlangan mazkur tadbir Davlat tilida ish yuritirish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari doktori Inomjon Azimov hamda Vazirlar Mahamasi huzuridagi O'zbek tilini rivojlantirish jamg'armasi direktori Azizjon Eminovlar boshchiligida tashkil etildi. 

 

 Tadbir yakunida qatnashchilarga esdalik sovg'alar topshirildi.

 

1752 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech