Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

11 Mart 2023

10-mart sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

      2 333 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 109,1 mlrd so‘mlik 2 697 ta lot 120,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

      Davlat aktivlari:

  • Soni 32 ta
  • Boshlang‘ich narxi 99,8 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 107 mlrd so‘m

    Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumanida joylashgan, boshlang’ich narxi 72,9 mlrd so‘m bo’lgan “O'zmilliybank” AJga qarashli dam olish maskani 77 mlrd so‘mga sotildi.

     Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 78 ta
  • Boshlang‘ich narxi 665,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 2,9 mlrd so‘m

     Surxondaryo viloyati, Termez shahridan yillik ijara stavkasi 146,9 mln so‘mlik Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi balansidagi bo'sh turgan o'quv binosining xonalari 161,6 mln so‘mga ijaraga berildi.

      Yer uchastkalari:

  • Soni 75 ta
  • Boshlang‘ich narxi 779,7 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,3 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 2,9 ga

     Xorazm viloyati, Yangibozor tumanidan narxi 6,1 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 1,5 sotix yer uchastkasi 63,9 mln so‘mga sotildi.

     Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 57 ta
  • Boshlang‘ich narxi 16,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 280,2 mln so‘m


    Xorazm viloyati, Bog'ot tumanidan narxi 0,1 mln so‘mlik ko'chma savdo joyi 2,6 mln so‘mga sotildi.

    O‘tkazilgan savdolarda 6 447 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

    Hozirda, narxi 7,9 trln so‘m bo‘lgan 147 500 ta lot savdoga qo‘yilgan.

638 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech