Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 Noyabr 2022

18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

"O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olmaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan.

Bayrog‘imiz 1992 yil 2 martidan O‘zbekiston to‘laqonli suveren respublika sifatida tan olinganining ramzi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh qarorgohi oldida ham hilpiray boshladi.

Aziz yurtdoshlar!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Sizlarni muborakbod etadi!

7741 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech