Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

29 Mart 2023

28-mart sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1 311 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 2,2 mlrd so‘mlik 5 349 ta lot 3,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

  Davlat aktivlari:

- soni 2 ta
- boshlang‘ich narxi 963 mln so‘m
- sotilgan narxi 1,02 mlrd so‘m

 Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 830,6 mln so‘mlik Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi savdo do'koni binosi 872,2 mln so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

- soni 1 ta
- boshlang‘ich narxi 2,2 mln so‘m
- sotilgan narxi 37,1 mln so‘m

Buxoro viloyati, Buxoro tumanidan yillik ijara stavkasi 2,2 mln so‘mlik Buxoro tuman davlat xizmatlari markazining ma’muriy binosida joylashgan xona 37,1 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

- soni 72 ta
- boshlang‘ich narxi 1,2 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
- yer maydoni 7,2 ga

Toshkent viloyati, Chirchiq shahridan boshlang'ich narxi 442,8 mln so‘mlik klinikalar, dispanserlar, dorixonalar tashkil etish uchun 8 sotix yer uchastkasi 487,1 mln so‘mga sotildi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, Beruniy tumanidan boshlang'ich narxi 7,1 mln so‘mlik ko'p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 7 sotix yer uchastkasi 145,7 mln so‘mga sotildi.
Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanidan boshlang'ich narxi 3,1 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 3 sotix yer uchastkasi 300,9 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

- soni 98 ta
- boshlang‘ich narxi 21,8 mln so‘m
- sotilgan narxi 204,6 mln so‘m

Navoiy viloyati, Zarafshon shahridan boshlang'ich narxi 0,6 mln so‘mlik ko'chma savdo joyi 116,5 mln so‘mga sotildi.

O‘tkazilgan savdolarda 9 912 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

 Hozirda, narxi 9,3 trln so‘m bo‘lgan 134 212 ta lot savdoga qo‘yilgan.

522 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech