657 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 90,1 mlrd so'm bo'lgan 975 ta lot 107,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat aktivlari:
- soni 15 ta
- boshlang'ich narxi 29,6 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 31,5 mlrd so‘m
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 26,1 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi balansidagi noturar bino 27,4 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 17 ta
- boshlang'ich narxi 11,1 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 11,9 mlrd so‘m
Navoiy viloyati Navoiy shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 1,6 mlrd so‘m bo‘lgan "Biznesni rivojlantirish banki" ATB balansidagi mehmonxona binosi 1,7 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 26 ta
- boshlang'ich narxi 186,2 mln so‘m
- sotilgan narxi 248,8 mln so‘m
Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 115,1 mln so‘m bo‘lgan "Poytaxt sayilgohi" DUK balansidagi yer usti metro ostidagi 33-savdo do'koni 126,6 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 466 ta
- boshlang'ich narxi 17,4 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 26,9 mlrd so‘m
- yer maydoni 50,5 ga
Namangan viloyati Namangan shahridan boshlang‘ich narxi 2,2 mlrd so‘m bo‘lgan ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot institut va laboratoriyalari qurish uchun 1,33 gektar yеr uchastkasi 2,3 mlrd so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 233 ta
- boshlang'ich narx 3,9 mlrd so'm
- sotilgan narx 5,9 mlrd so'm
- yer maydoni 152,8 ga
Ko'chma savdo joylari:
- soni 56 ta
- boshlang'ich narxi 30 mln so‘m
- sotilgan narxi 225 mln so‘m
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
- soni 113 ta
- boshlang'ich narxi 19,2 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 21,3 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 2 928 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 15,4 trln so'm bo'lgan 144 552 ta lot savdoga qo'yilgan.