Tegishli xususiylashtirish dasturiga muvofiq, “QO‘QON NEFTGAZ PARMALASH ISHLARI” AJ (keyingi oʻrinlarda – “Emitent” / “Aktiv”) ustav kapitalidagi 61,3 foiz davlat aksiyalar paketini (keyingi oʻrinlarda – “Aksiya paketi”) xususiylashtirish belgilangan.
Xususiylashtirish jarayonlari “Toshkent” Respublika fond birjasining MQQMP Nego savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda – “Savdo platformasi”) orqali birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Aktiv toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot:
- “Qo‘qon Neftgaz parmalash ishlari” AJ– neft va gaz quduqlarini burg‘ulash ishlarini tashkil qiluvchi kompaniya hisoblanadi.
- Korxonaning yuridik manzili – Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Istiqlol koʻchasi, 63-uy.
- Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarning emitent ustav fondidagi foizi – 61,3 foiz;
- Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarining umumiy soni – 33 424 896dona (oddiy) aksiya;
- Bir dona aksiyaning savdoga qoʻyishdagi boshlangʻich narxi – 1 987,02 (bir ming to‘qqiz yuz sakson yetti) soʻm 2 tiyin;
- Aksiyalar paketining boshlangʻich qiymati – 66 415 773 000,0 (oltmish olti milliard to‘rt yuz besh million yetti yuz yetmish uch million) soʻm;
- Emitentning ustav fondi miqdori – 3 433 833 648,0 (uch milliard to‘rt yuz o‘ttiz uch million sakkiz yuz o‘ttiz uch ming olti yuz qirq sakkiz) soʻm;
- Savdo tashkilotchisi –“Toshkent RFB” AJ;
- Lotlar soni – 1 (bir) ta;
Emitent haqidagi barcha maʼlumotlar, jumladan moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan emitentning rasmiy veb sahifasi www.quqon-ngpi.uz hamda korporativ axborot yagona portali www.openinfo.uz sahifasi orqali tanishish mumkin.
Bitimni amalga oshirish jarayoni:
Savdolar “Toshkent” RFBning maxsus platformasi, SPPZ NEGO- maydonchasida 01.07.2024 yildan boshlanadi. (Toshkent RFB savdolaridagi havola).
Birja bitimi eng yuqori taklifni taqdim etgan talabgor bilan birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu savdo jarayonlariga barcha talabgorlarni ishtirok etishga chorlab qolamiz!
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasiga +998(90)408-49-12 murojaat qilishingiz mumkin.