Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Dekabr 2023

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Joriy yil 14-dekabr kuni mamlakatimizga iqtisodiy rivojlanishning soʻnggi tendensiyalarini muhokama qilish va prognozlarni yangilash yuzasidan tashrif buyurgan Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) missiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda davlat korxonalari va banklarini isloh qilish, xususiylashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar, davlat korxonalari uchun moliyaviy hisobotlarning yuritilishi muhokama qilindi.

Davaktiv agentligi direktori Akmalxon Ortikov Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Oʻzbekiston boʻyicha missiya rahbari Yasir Abdix boshchiligida kelgan vakillarni Davaktiv agentligi asosiy faoliyati bilan tanishtirdi. Shu jumladan, “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, amaliyotga joriy etilganligi, yaʼni kim davlat mulkini boshqaradi, kim tasarruf etadi va kim uni boshqaruvida ishtirok etadi degan masalalar Qonun bilan aniq yozib berilganligi hamda davlat mulkini boshqaruvida aniq tartiblar belgilanganligi tushuntirildi.

Shu bilan birga, yirik korxonalarni xususiylashtirish jarayonlari professional konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda amalga oshirilishi, bunda ushbu korxonalarning ertangi kunini oʻylab, haqiqiy biznes egalariga oʻtishi uchun mazkur jarayonlar qoʻllanilib kelinayotganligi maʼlum qilindi.

Uchrashuv davomida ochiqlik va shaffoflik prinsipini taʼminlash yuzasidan ham keng qamrovli ishlar olib borilayotganligini alohida taʼkidlab oʻtdi. Misol sifatida “E-Auksion” elektron savdo platformasi keltirildi va barcha koʻchmas mulk obyektlari, kichik ulush va korxonalar hamda yer maydonlari ushbu platforma orqali sotilishi, shuningdek mazkur tizimda inson omili deyarli yoʻq qilinganligi ortidan odamlarning ishonchi ham oshganligi tushuntirib berildi.

Oʻz navbatida, XVJ vakillari Davaktiv agentligi asosiy faoliyatiga doir koʻplab maʼlumotlar bilan tanishtirildi.

 

2463 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech