Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

10 Iyul 2023

Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida “Barqaror iqtisodiy taraqqiyot: dolzarb masalalar” mavzusidagi panel sessiyasi tashkil etildi

Joriy yilning 3-7 iyul kunlari nufuzli xalqaro moliya va ilmiy-tadqiqot institutlari, konsalting kompaniyalari vakillari hamda xorijiy ekspertlarni Toshkent shahrida birlashtirgan Xalqaro sheriklik tashabbuslari xaftaligi oʻtkazildi.

Ushbu xaftalik doirasida mamlkatimizning barcha muhim soha va yoʻnalishlari keng muhokama qilinib, qator tadbirlar tashkil etildi, xususan "Barqaror iqtisodiy taraqqiyot: dolzarb masalalar" mavzusidagi panelʼ sessiya boʻlib oʻtdi.

Mazkur panel sessiyada xorijiy ekspertlar qatorida Polsha Respublikasining Iqtisodiyot vazirligi sobiq bosh direktori Marek Grabarek nutq soʻzlab, Oʻzbekistonda xususiylashtirish va korporativ boshqaruv sohalarida amalga oshirilgan islohotlar hamda ularning natijalariga alohida toʻxtalib oʻtdi. 2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi va Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisidagi qonun tasdiqlanganligi hamda ushbu xujjatlar amaliyotga joriy etilib, uning natijasida mazkur sohalar toʻliqligicha bozor mehanizmlariga muvofiqlashtirilganligini yuksak eʼtirof etdi.

Shuningdek Oʻzbekistonda xususiylashtirish xajmi soʻngi yillarda sezilarli darajada oshib borayotganligi, mamlakatda xususiy sektor uchun katta imkoniyatlarni yaratilayotganligidan dalolat berishini taʼkidladi.

Qolaversa, Marek Grabarek Ommaviy Axborot Vositalari vakillariga bergan intervyusida Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan huquqiy, ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar koʻlami juda keng va samarali ekanligi, ularning natijalari bugungi kunda mamlakatda oʻz ifodasini topayotganligi hamda Oʻzbekistonning xalqaro reytinglarda yuqorilab borayotgani mazkur islohotlarning ijobiy natijalaridan biri ekani haqida fikr va mulohazalarini bildirdi.

Xususan, Marek Grabarek bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi binosidaOʻzbekistonning 2023-yil uchun belgilangan xususiylashtirish dasturi va uni amalga oshirish mexanizmi, bunda tajribani qoʻllash” va “Yangi tahrirdagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqishda, Yevropa Ittifoqi, xususan, Polsha davlatining tajribasi mavzusidagi davra suhbatlari oʻtkazildi. Unda xususiylashtirish sohasidagi ilgʻor iqtisodiy-ijtimoiy yoʻnalishlar yuzasidan mavzular oʻrtaga tashlandi.

Davra suhbati ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar va xususiylashtirish borasidagi qiziqarli savol – javoblar hamda mulohazalarga boy boʻldi.

1003 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech