Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

28 Fevral 2024

“Yagona milliy baholash standartining mohiyati va ahamiyati” mavzusida seminar oʻtkazildi

Joriy yil 28-fevral kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi binosida “Yagona milliy baholash standartining mohiyati va ahamiyati” mavzusida seminar tashkil qilindi. Mazkur tadbir Davaktiv agentligining markaziy apparati, hududiy boshqarmalar xodimlari, hamda vazirlik va idoralar, baholovchi tashkilotlar va baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari vakillari, jami 100 dan ortiq soha mutaxassislari ishtirokida boʻlib oʻtdi. Shuningdek,  mazkur tadbirni Respublikada faoliyat yuritayotgan 70 dan koʻp baholovchi tashkilotlar va 121 nafar baholovchilar onlayn videoaloqa orqali kuzatishdi.

Seminarda Davaktiv agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Yagona milliy baholash standartining yangi tahriri Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 28-dekabrda 3487-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilganligi va 2024-yil 1-yanvardan kuchga kirganligi eslatib oʻtdi.

Mazkur standart yangi tahririning maqsadi asosli qarorlar qabul qilish uchun baholash jarayonlarining ishonchliligi, shaffofligi va izchilligi orqali isteʼmolchilarning baholash xizmatlari sifatidan qanoatlanish darajasini oshirishdan iborat. Shuningdek, ushbu standart mustaqil va xolis baholash tizimini rivojlantirishga, baholash xizmatlarining professional darajasi va sifatini oshirishga xizmat qiladi hamda baholash qonunchiligini bir xil talqin qilinishini taʼminlaydi va mahalliy baholash tizimiga ishonchni oshiradi.

Tadbirda Davaktiv agentligining Baholash va rieltorlik faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi Baxtiyor Radjabov “Baholash faoliyati sohasini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va amalda uchrayotgan muammolar tahlili” haqida soʻz olib bordi.

B.Radjabov taʼkidlaganidek, Yagona milliy baholash standartining yangi tahriri respublikaning iqtisodiy rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xalqaro baholash standartlari normalariga muvofiqlashtirildi va tizimlashtirildi va uch boʻlimdan tarkib topdi. Bunda, birinchi boʻlim baholashga oid vazifasidan to baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlashgacha asosiy tamoyillar va konsepsiyalarni belgilaydigan umumiy standartlar guruhini, ikkinchi boʻlim aktivlarning ayrim turlarini baholashga oid maxsus standartlar guruhini va uchinchi boʻlim baholash standartlarini amaliy qoʻllash talablari va tartibini belgilaydigan metodiklarni oʻz ichiga oladi.

Shu bilan birga, tadbirda “O‘zbekiston baholovchilar, ekspertlar va maslahatchilar jamiyati” raisi, oliy toifali baholovchi Zuxriddin Nigmanxanov o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etib, Yagona milliy baholash standartining bugungi kundagi ahamiyati va uni amaliyotga joriy etish holati haqida to‘xtalib o‘tdi. Ma'ruzachi standartga kiritilgan yangiliklar, development jarayonida bo‘lgan ko‘chmas mulk qiymatini baholashning o‘ziga xos xususiyatlari va nomoliyaviy majburiyatlar shaklidagi nomoddiy aktivlarning qiymatini baholash masalasi haqida tinglovchilarga ma'lumot berdi.

Navbatdagi maʼruzachi, “Baholash tashkilotlar Assotsiasiyasi” raisi, oliy toifali baholovchi Adiljon Islamov Davlat ulushiga ega boʻlgan obyektlarni, shu jumladan xususiylashtirish maqsadida baholashda Yagona milliy baholash standartini amaliyotga qoʻllash xususiyatlari bilan mehmonlarni tanishtirdi.

Bundan tashqari xalqaro baholash standartlarining Yagona milliy baholash standarti bilan oʻzaro uygʻunlashuvi toʻgʻrisida Bank-moliya akademiyasi iqtisod fanlari doktori, proffesor va malakali baholovchi  Dinara Abdikarimova soʻzlab berdi. Maʼruzachi taʼkidlaganidek, yangi tahrirdagi YAMBSning baholash boʻyicha isteʼmolchilarning, shu jumladan xorijiy investorlarning baholash xizmatlari sifatiga ishonchini, shuningdek, ichki baholash tizimi darajasini oshirish va uning tashqi bozorlarga chiqishiga koʻmaklashadi.

Tadbir davomida baholovchilar oʻzining qiziqtirgan savollari bilan qizgʻin ishtirok etib, savollarga aniq misollar orqali javoblar olindi.

1088 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech