Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

29 Noyabr 2022

Davaktiv agentligi binosida quvvati 200 kVt/s bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi

Mazkur quyosh elektr stansiyasi yiliga 480 ming kVt-soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqaradi hamda Agentlik binosini kunduz kuni elektr energiya bilan toliq taʼminlaydi. Ushbu maqsadlarda 408 ta quyosh elektr panellari hamda 6 ta 200 litr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatildi. Shu bilan birga, ehtiyojdan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlariga uzatish imkoniyati ham yaratildi.

Ushbu stansiya joriy yilning 10 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirildi.

 

Shuningdek taʼkidlash joizki, Agentlik binosining yo‘lak, zinapoya va sanuzel qismlarida 107 ta sensorli harakat detektorlari orqali ishlaydigan 286 ta energiya tejamkor lampalar o‘rnatilgan. Bu o‘z o‘rnida elektr energiyasi tejamkorligini bir necha baravar oshirmoqda.

2554 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech