Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Aprel 2023

“Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayonining Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish muddati uzaytirildi

Davaktiv agentligining joriy yil 7-martdagi “Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini sotib olish boʻyicha tanlov eʼloniga muvofiq quyidagilar maʼlum qilinadi.

Davaktiv agentligi savdo jarayonlarida ishtirok etayotgan salohiyatli talabgorlarning so'roviga muvofiq, ularga aktivni yaxshiroq oʻrganish va malakaviy tayyorlanishiga koʻproq imkoniyat yaratish, shuningdek sotish jarayonlarini yanada shaffof va raqobat muhitida oʻtkazish maqsadida, barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga “Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayonining Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish bosqichi 1 oy muddatga uzaytirilganligini maʼlum qiladi.

Avval maʼlum qilinganidek, Mosaic Financial kompaniyasi ushbu Bitim yuzasidan Agentlikning xususiylashtirish boʻyicha maslahatchisi sifatida jalb qilingan.

Qoʻshimcha maʼlumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

1648 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech