Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Mart 2024

Don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha savdo jarayonlari yuzasidan axborot

Avvalgi  xabarlarga muvofiq, don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualarining ommaviy savdolari davom ettirilmoqda.

O‘z navbatida, don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha narx takliflarini ko‘rib chiqishda, Xususiylashtirish davlat komissiyasi tomonidan mo‘ljal sifatida inobatga olinadigan tavsiyaviy baholash qiymatini 50 foizga qadar qadamma-qadam pasaytirish mexanizmi joriy etilgan.

Shunga koʻra, ommaviy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha navbatdagi savdo jarayonining birinchi va ikkinchi bosqichi yakunlanib, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

Quyidagi 2 ta don korxonasidagi davlat aksiya paketi va mulkiy majmuasi bo‘yicha savdo jarayonlarining ikkinchi bosqichga o‘tgan talabgorlar ro‘yxati tasdiqlandi va ushbu talabgorlardan 2024-yil 15-mart soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar tijorat takliflari, ya'ni sotib olish narxi, to‘lov muddati va to‘lov qobiliyati bo‘yicha takliflar "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali qabul qilinadi;

Shuningdek, quyidagi 12 ta don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualarining savdo jarayonlarini davom ettirish uchun takliflar yetarli darajada shakllanmaganligi hamda raqobat muhiti ta'minlanmaganligi sababli, mazkur aktivlar takroriy savdolarga chiqarildi.

Mazkur davlat aktivlari bo‘yicha savdo jarayonlarida ishtirok etgan talabgorlarga Ishchi organ tomonidan individual xabarnomalar yuboriladi.

 

Savdo jarayonining 2-bosqichiga o'tgan don korxonasidagi davlat ulushi (aksiya paketi)
Talabgorlardan takliflar 2024-yil 15-mart kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi.

 

T/r

Davlat aktivining nomi

Joylashgan hududi

Davlat ulushi
(foizda)

Lot raqami

1

“Toʻrtkoʻldonmaxsuloti” MCHJning “Beruniydon” filiali

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Beruniy tumani

mulkiy
majmua

8404359

2

“Qorakoʻldonmahsulotlari” AJ

Buxoro viloyati,
Qorakoʻl tumani

91,9

8404358

 

Takroriy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari
Talabgorlardan takliflar 2024-yil 18-mart kuni soat 18-00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi

 

T/r

Davlat aktivining nomi

Joylashgan hududi

Davlat ulushi
(foizda)

Lot raqami

1

“Taxiatosh don mahsulotlari” AJ Qoraqalpogʻsiton Respublikasi,
Taxiatosh tumani
91,6

8404365

2

“Jizzaxdonmahsulotlari” AJ Jizzax viloyati,
Jizzax shaxri
94,4

8404362

3

“Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ Qashqadaryo viloyati,
Qarshi shahri
92,5

8404360

4 “Don xalq rizqi” AJ Qashqadaryo viloyati,
Kitob tumani
88,4

8404368

5 “Qiziltepa un zavodi” AJ Navoiy viloyat,
Qiziltepa shahri
93,5

8404361

6 “Samarqanddonmahsulotlari” AJ Samarqand viloyati,
Samarqand shahri
72,3

8404364

7 “Jomboy don mahsulotlari” AJ Samarqand viloyati,
Jomboy tumani
57,4

8404367

8 “Juma elevatori” AJ Samarqand viloyati,
Pastdarg‘om tumani
63,8

8404366

9 “Shoʻrchi don mahsulotlari” AJ Surxondaryo viloyati,
Sho‘rchi
64,3

8404363

10 “Oqoltin don mahsulotlari” AJ Sirdaryo viloyati,
Sayxunobod tumani
89,3

8404369

11 “Bogʻot don” AJ Xorazm viloyati,
Bogʻot tumani
65,5

8404371

12 “Don xalq-rizqi” AJning “Kitob Don” filiali Qashqadaryo viloyati,
Kitob tumani
mulkiy
majmua

8404370

1345 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech