Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 May 2024

Don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha savdo jarayonlari yuzasidan qoʻshimcha AXBOROT

Avval xabar berilganidek, ommaviy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha navbatdagi savdo jarayonining birinchi va ikkinchi bosqichi yakunlanib, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori qabul qilingan. Unga koʻra:

  • “Toʻrtkoʻldonmahsuloti” MChJning “Beruniydon” filiali eng yaxshi tijorat taklifini taqdim etgan “Building House One” MChJga 2,2 mlrd. soʻm sotib olish qiymatini toʻlash, kamida besh yil davomida aktivning asosiy faoliyat turini saqlab qolish va mavjud don saqlash sigʻimlarini kamaytirmaslik hamda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq toʻlash evaziga saqlab berish sharti bilan sotildi.

Bundan tashqari, quyidagi don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha savdoda qatnashish uchun takliflar kelib tushmaganligi sababli, mazkur aktivlar takroriy savdolarga chiqarildi

O'z navbatida, don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari bo'yicha narx takliflarini ko'rib chiqishda, Xususiylashtirish davlat komissiyasi tomonidan mo'ljal sifatida inobatga olinadigan tavsiyaviy baholash qiymatini 50 foizga qadar qadamma-qadam pasaytirish mexanizmi joriy etilgan.

Shuningdek, mazkur aktivlarning tavsiyaviy baholash qiymati 50 foizga pasaytirilgan holda inobatga olinadi.

 

Takroriy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari
Talabgorlardan takliflar 2024-yil 16-may kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi

t/r

Davlat aktivining nomi

Joylashgan hududi

Davlat ulushi
(foizda)

Lot raqami (havola)

I. Don korxonalaridagi davlat ulushlari

1

“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Nukus shahri

80,2

9248694

2

“Konirat un zavodi” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Qoʻngʻirot tumani

95,6

9248693

3

“Taxiatosh don mahsulotlari” AJ

Qoraqalpogʻsiton Respublikasi,
Taxiatosh tumani

91,6

9248703

4

“Chimboydon” MCHJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Chimboy tumani

93,6

9248704

5

“Qoʻrgʻontepa don mahsulotlari” AJ

Andijon viloyati,
Qoʻrgʻontepa tumani

83,7

9248692

6

“Kogondonmahsulotlari” AJ

Buxoro viloyati,
Kogon shahri

93,0

9248698

7

“Doʻstlikdonmahsulotlari” AJ

Jizzax viloyati,
Doʻstlik tumani

90,2

9248695

8

“Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ

Qashqadaryo viloyati,
Qarshi shahri

92,5

9248702

9

“Qamashi DMQQ” MCHJ

Qashqadaryo viloyati,
Qamashi tumani

99,9

9248707

10

“Navoiydonmahsulotlari” AJ

Navoiy viloyati,
Navoiy shahri

61,1

9248706

11

“Qiziltepa un zavodi” AJ

Navoiy viloyati,
Qiziltepa tumani

93,5

9248705

II. Don korxonalarining alohida mulkiy majmualari

1

“Chimboydon” MCHJning “Qoraoʻzak” filiali

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Qoraoʻzak tumani

mulkiy majmua

9248699

2

“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MCHJning “Muborak don” filiali

Qashqadaryo viloyati,
Muborak tumani

mulkiy majmua

9248697

3

“Dunyo-M” AJning “Baxoristondon” filiali

Qashqadaryo viloyati,
Mirishkor tumani

mulkiy majmua

9248701

4

“Don xalq-rizqi” AJning “Kitob Don” filiali

Qashqadaryo viloyati,
Kitob tumani 

mulkiy majmua

9248700

5

“Qoʻngʻirot un zavodi” AJning “Qanlikoʻl gurish” filiali binosi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Qanlikoʻl tumani

mulkiy majmua

9248696

1358 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech