Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Avgust 2022

“UzAuto TRAILER” MCHJni USTАV KАPITАLIDАGI DАVLАT ULUSHINING XUSUSIYLАSHTIRISH JАRАYONI BOSHLАNGАNLIGI TO‘G’RISIDА E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o’rinlarda – “Davaktiv agentligi” yoki “Sotuvchi”) tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq,, UzAuto TRAILER” MChJni (keyingi o‘rinlarda - Аktiv) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali sotishini e’lon qiladi (keyingi o‘rinlarda – “Bitim”).

Mosaic Financial kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda – maslahatchi) ushbu Bitim bo‘yicha Davaktiv agentligining xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.

Kompaniya to‘g’risida qisqacha ma’lumot:

Umumiy ma’lumot:

  • Korxonaning loyihaviy quvvati 3 000 donagacha: 2 000 dona yarim tirkama va 1 000 dona osma texnika, O‘zbekiston Respublikasi xo‘jaligining turli tarmog’ini ta’minlash uchun keng qamrovli avtomobil texnikalarini, shu jumladan samosval kuzovi, yarim tirkamalar, konteyner tashuvchilar, tentli kuzovlar, izotermik yarim tirkamalar va furgonlar ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan.
  • O‘z mahsulotlarini nafaqat O‘zbekistonning ichki bozorida, balki qo‘shni davlatlar: Qozog’iston, Ozarbayjon, Аfg’oniston, Turkmaniston va Qirg’izistonda ham sotishni maqsad qilgan.
  • Hodimlar soni 420 kishini tashkil qiladi.
  • Mahsulot:
    • kuzovlar: samosval,izotermik,tentli va to‘liq metall;
    • yarim tirkama va tirkamalar: samosval, izotermik, tentli;
    • konteyner tashuvchilar va boshqa maxsus texnika;
    • qishloq xo‘jalik texnikasi (traktor tirkamalari, preslash mashinalari, harakatlanuvchi yoqilg’i quyish shaxobchalari bekatlari).
  • Ishlab chiqarish bo’yicha korxona Samarqand viloyatida joylashgan.

Аsosiy moliyaviy ko’rsatkichlar:

  • Ustav fondi: 158,6 mlrd.so’m
  • 2021 yil bo’yicha:
    • foyda: 626,2 mlrd.so’m;
    • sof foyda: 53 mlrd. so’m.

Bitimni amalga oshirish jarayoni:

Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq bo‘lgan raqobat tamoyillariga asoslangan xususiylashtirish mexanizmi orqali amalga oshiriladi.

Ishtirokchilardan quyidagi ma’lumotlar bilan sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish to‘g’risidagi arizalarini (Express of interest) taqdim etishlari so‘raladi:

  1. Ishtirokchi to‘g’risida qisqacha ma’lumot (shu jumladan, STIR va faoliyat turi).
  2. Ishtirokchi ustav kapitalida 5 foizdan ortiq ulushi mavjud aktsiyadorlar/ ta’sischilar (egalik ulushi ko’rsatilgan holda) va yakuniy benefitsiarlar to‘g’risida ma’lumotlar.
  3. Moliyaviy hisobot (oxirgi 3 yilgi faoliyati bo‘yicha).

Qiziqish bildirish to‘g’risidagi ariza Ishtirokchining xohishiga ko‘ra rus, o‘zbek yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.

Talabgorlar qiziqish bildirishi to’g’risidagi arizani 2022 yil 21 sentyabr 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar quyidagi elektron pochta manzillariga yuborishlari lozim:

iskandar.bakhromov@mosaic-financial.com

Qabul qilingan arizalar quyidagi mezonlar bo‘yicha saralanadi:

  • davlat ulushini sotib olish uchun to‘lovga qobiliyatliligi;
  • xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini ta’qiqlashi mumkin bo‘lgan ma’muriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yo‘qligi;
  • O‘zbekiston Respublikasining 660-II-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g’risida”gi Qonuniga rioya etilishiж
  • Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium a'zolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQShning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki)  sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lishi lozim.  Shu bilan birga, ariza topshirilgan sanada talabgorlar sanksiyalangan shaxs/(lar) yoki yuqorida aytib o‘tilgan sanksiya organlari tomonidan har qanday ish yoki tergov ob'ekti/(lar) bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, talabgorlar (konsorsium holatida, konsorsium a'zolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri yuqorida aytib o‘tilgan muassasalar va davlatlarning sanksiyalar rejimiga zid bo‘lgan har qanday faoliyatga (to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki biron bir sho‘ba korxonasi orqali) jalb etilmagan bo‘lishlari lozim va Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium a'zolaridan hech biri), shuningdek uning tegishli shaxslaridan birortasining asosiy moliyalashtiruvchi tomonlari yoki kreditorlari sanksiyadagi shaxslar yoki sanksiyadagi shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki ular tomonidan egalik va nazorat qilinadigan banklar yoki moliya institutlari bo‘lmasligi lozim.

Sotish jarayonining kelgusidagi ketma-ketligi va talablari qiziqish bildirgan Talabgorlarga qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi.

Keyingi bosqichga o‘tgan potentsial investorlar bilan Аxborotni oshkor etmaslik to‘g’risidagi bitim (NDA) imzolanadi va Аktiv faoliyati to‘g’risidagi umumiy ma’lumotlar saqlanadigan virtual ma’lumotlar xonasiga (VDR) kirish imkoniyati ta’minlanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Maslahatchi vakiliga murojaat qilishingiz mumkin:

Iskandar Baxromov

El.pochta: iskandar.bakhromov@mosaic-financial.com

Аrizalar va ilova qilingan ma’lumotlarni ko‘rib chiqish natijalari asosida Ishtirokchilar keyingi bosqichlar to‘g’risida Maslahatchi tomonidan xabardor qilinadi.

Аriza topshirish jarayoni barcha Ishtirokchilar uchun ochiq.

Diskleymer:

Davaktiv agentligi sotish jarayonining ketma-ketligini o‘zgartirish yoki potentsial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini o’zida saqlab qoladi.

Ushbu e’lon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur e’lon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin bo’lgan Davaktiv agentligi, Mosaic Financial va Kompaniyani sotish bilan bog’liq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davaktiv agentligi va Mosaic Financial o‘z xohishiga ko’ra har qanday vaqtda va har qanday holatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmalariga olmasdan:

(i) arizalar berish muddatiga o‘zgartirish kiritish;

(ii) turli xil manfaatdor shaxslar uchun turli xil tartib-qoidalar bo’yicha ish tutish va/yoki Davaktiv agentligi, Kompaniya va Mosaic Financial tomonidan ko‘zda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potentsial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potentsial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;

(iii) har qanday sababga ko‘ra sotish jarayonini to‘xtatish; va/yoki

(iv) istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Bitimga taalluqli bo‘lgan har qanday potentsial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini o‘zida saqlab qoladi.

3579 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech